Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Maktab direktori ustidan arz qilish mumkinmi?

07.10.2016

?Bizning maktabimizda muammo kelib chiqdi. Munozarali holatni bartaraf etish uchun direktorga qilingan murojaat ijobiy natija bermadi. Aksincha, direktor tomonidan bolaga nisbatan salbiy harakatlarni keltirib chiqardi. Uning harakatlariga nisbatan chora koʻrishni soʻrab, arz qilsa boʻladimi? Qanday tartibda arz qilinadi?

Afsuski, bolaning maktabda oʻqishi har doim ham bir tekis va muammolarsiz kechmaydi. Ba’zan u yoki bu holatni nazorat ostiga olishini soʻrab, maktab direktoriga murojaat etishga toʻgʻri keladi. Shu bilan birga qonunchilik oʻqituvchi va oʻquvchilar orasidagi nizolarni hal etish uchun maktabda tuziladigan nizo komissiyasiga murojaat etish huquqini beradi. Komissiya oʻquvchi yoki uning ota-onasi (ularning oʻrnini bosuvchilar)dan tushgan yozma, ogʻzaki murojaatlarni koʻrib chiqadi.

 

Biroq nizo kelib chiqqani haqidagi ogʻzaki yoki yozma murojaatlar har doim ham ijobiy yoki kutilgan natijani bermaydi. Bunday holatlarda keyingi qoʻyiladigan qadam arizaning хalq ta’limi muassasalari faoliyatini tashkil etish va metodik ta’minlash tuman (shahar) boʻlimlariga berilishi boʻladi. Maktab хalq ta’limi muassasalari qatoriga kiradi. Agar bu ham ijobiy natija bermasa, navbatdagi bosqich Xalq ta’limi vazirligi, prokuratura yoki sud boʻladi.

 

Arizani berayotganda quyidagilarni inobatga olish kerak. 

 

1. Arizani yozma shaklda, ammo qoʻlyozma tarzida emas, balki kompyuterda terib berish tavsiya etiladi.

 

2. Arizani berish uchun asos boʻla oladigan faktlarni qisqa yozish, direktor tomonidan yoʻl qoʻyilgan huquqbuzarliklarni ta’riflab oʻtish maqsadga muvofiqdir. Oʻzbekiston Respublikasining umumta’lim maktabi toʻgʻrisidagi nizomiga muvofiq maktab direktorining huquq va majburiyatlari belgilab berilganiga e’tiboringizni qaratmoqchimiz. Masalan, maktabdagi intizom oʻquvchilarning insoniy qadr-qimmatiga hurmat asosida yoʻlga qoʻyiladi. Oʻquvchilarga nisbatan jismoniy, ruhiy jihatdan zoʻravonlik koʻrsatish mumkin emas.

 

3. Arizada ariza beruvchi hamda direktor haqida ma’lumlotlar koʻrsatilishi shart (F.I.Sh.), yashash joyi. Ariza beruvchi haqida ma’lumotlar taqdim etilmagan taqdirda ariza anonim deb tan olinadi va bu uni koʻrib chiqmaslik uchun asos boʻla oladi.

 

4. Ariza matnida talabning mohiyati tushuntirib beriladi, masalan, huquqbuzarlikni bartaraf etish uchun chora koʻrish zarurati yoki arizachi erishmoqchi boʻlgan boshqa maqsad tushuntiriladi.

 

5. Arizani bevosita olib kelib berish, pochta orqali yuborish yoki Xalq ta’limi vazirligi yo boʻlmasa, Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali sayti orqali taqdim etish mumkin. Elektron tarzda yuboriladigan arizaning elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan boʻlishi majburiydir. Aхborot teхnologiyalari vositasida ariza berish bugungi kunda eng qulay va samarali usul hisoblanadi.

 

6. Arizada albatta sana koʻrsatilishi shart.

 

7. Ariza nus’hasini oʻzida olib qolish imkoniyatini inobatga olgan holda uni kamida ikkita nus’hada tuzish kerak.

 

8. Ariza ham davlat, ham boshqa tillarda berilishi mumkin.

 

Arizani koʻrib chiqish odatda kelib tushgan kunidan boshlab 15 kun vaqtni oladi. Agar qoʻshimcha oʻrganish va (yoki) tekshirishlar talab etilsa,  bir oydan oshmagan muddat ichida hal etiladi [2].

 

Ariza koʻrib chiqilganidan keyin natijalar yoki qabul qilingan qaror haqida ariza beruvchi koʻrsatgan manzilga elektron yoki yozma ravishda javob qaytarilishi kerak. Javob iloji boricha ariza kelib tushgan tilda boʻlishi kerak. Unda arizada keltirilgan da’volarni rad etuvchi yoki tasdiqlovchi aniq asoslar (zarur holatlarda qonunchilikdagi hujjatlarda keltirilgan normalar) hamda ariza beruvchi qabul qilingan qarordan norozi boʻlsa, shikoyat arizasi berish tartibi keltiriladi.

 

Jismoniy hamda yuridik shaхslar murojaatlari hamda ta’lim muassasalari faoliyati haqidagi qonunchilik bilan batafsil bu yerda tanishishingiz mumkin.

 

 

Yelena YeRMOXINA,

ekspert-yuristimiz