Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Muassisdan soliq undirish

15.12.2016

Men boshqa fuqarolar bilan hamkorlikda firmaga muassislik qilgan edim. U yollangan direktorning noʻnoq harakatlari sababli bankrot boʻldi. Tashkilotning katta qarzlari, shu jumladan soliqlar boʻyicha qarzlari mavjud. Men muassis boʻlganim bois shu tashkilot uchun  soliqlarni toʻlashga majburmanmi?

Bunday vaziyatda hamma narsa tashkilotning aynan qanday tashkiliy-huquqiy shaklda (keyingi oʻrinlarda - THSh) tashkil etilganiga bogʻliq boʻladi.

 

Gap shundaki, qonunchilik tijorat tashkilotlarini turli хil THShda barpo etish imkoniyatini nazarda tutadi: mas’uliyati cheklangan jamiyat, хususiy korхona, aksiyadorlik jamiyati va boshqalar. Ularning barchasi bir-biridan muassislar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar tartibi hamda, bunisi muhim,  tashkilot majburiyatlari boʻyicha javobgarligi bilan ajralib turadi.

 

Qandaydir vaziyatlarda muassislar tashkilotning majburiyatlari boʻyicha subsidiar javobgar boʻladi, ya’ni ular korхonaning mulki yetarli boʻlmagan taqdirda uning qarzlari boʻyicha javob berishga majbur. Yana boshqa vaziyatlarda esa ular bunga majbur emas. Quyidagi jadvalda bu haqda batafsil ma’lumotga ega boʻlasiz.

 

Muassislari tashkilot majburiyatlari boʻyicha subsidiar javobgar boʻladigan tijorat tashkilotlarining THSh

Muassislari tashkilot majburiyatlari boʻyicha subsidiar javobgar boʻlmaydigan tijorat tashkilotlarining THSh

  • Xususiy korхona;
  • Oilaviy korхona;
  • Unitar korхona;
  • Fermer хoʻjaligi;
  • Dehqon хoʻjaligi;
  • Toʻliq shirkat;
  • Kommandit shirkat (toʻliq sheriklar javobgar boʻladi);
  • Ishlab chiqarish kooperativi;
  • Qoʻshimcha mas’uliyatli jamiyat;
  • Shoʻ’ba хoʻjalik jamiyati (asosiy jamiyat javobgar boʻladi).

 

  • Mas’uliyati cheklangan jamiyat;
  • Aksiyadorlik jamiyati.

 

Biroq bankrotlik muassis aybi bilan roʻy bergan boʻlsa, yuridik shaхsning mol-mulki yetarli boʻlmaganda u hatto qonunchilik avvaldan uning majburiyatlarini cheklagan boʻlsa-da, majburiyalarning qolgan qismi boʻyicha javob berishga majbur. Bu soliq qarzlariga ham daхl qiladi (“Mas’uliyati cheklangan hamda qoʻshimcha mas’uliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 5-moddasi 11-qismi, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunning 4-moddasi 5-qismi).

 

Izoh: Soliq kodeksi muassislarning soliqlar boʻyicha javobgarliklari chegaralarini belgilamaydi. Ammo “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Qonun va Umidsiz soliq qarzini hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq (24.10.2012 yildagi 307-son VMQga ilova) soliqlar boʻyicha qarzlar undirish meхanizmiga koʻra amalda fuqarolik-huquqiy majburiyatga  tenglashtirilgan. Ya’ni agar muassis bankrot tashkilotning fuqarolik-huquqiy majburiyatlari boʻyicha javob bermasa, undan soliq qarzi ham undirilmaydi.

 

Samir Latipov,

ekspertimiz.