Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Pensioner koʻchdi. Pensiya jamgʻarmasida bu qanday rasmiylashtiriladi?

22.07.2016

? Pensioner bir tumandan boshqa tumanga koʻchdi. Hujjatlarni oʻtkazish uchun u qaysi muddatda Pensiya jamgʻarmasini koʻchganligi toʻgʻrisida хabardor qilishi kerak? Koʻchganligi toʻgʻrisida хabardor qilmasdan propiska qilinmagan oldingi yashash joyi boʻyicha pensiya olishni davom ettirgan taqdirda unga qanday sanksiyalar qoʻllanadi? Shaharning boshqa tumaniga koʻchgan fuqaroning pensiya hujjatlar yigʻmajildi oʻtkazilganligi fakti qanday muddat davomida va kim tomonidan tekshiriladi?

Pensioner Oʻzbekiston doirasida doimiy yashash uchun boshqa tuman (shahar)ga koʻchgan taqdirda, pensiya hujjatlar yigʻmajildi pochtaning tarkibiy boʻlinmalari orqali pensionerning yangi yashash joyi boʻyicha joylashgan Pensiya jamgʻarmasi boʻlimiga yuboriladi yoki pensionerning qoʻliga beriladi1.

 

Hisobdan chiqarilgunga qadar oy uchun pensiya pensionerga oldingi yashash joyi boʻyicha toʻlanadi. Pensiyani toʻlash pensiya hujjatlar yigʻmajildi olingandan keyin pensiya oluvchining yangi yashash joyi boʻyicha Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi tomonidan davom ettiriladi. Bunda pensiyani toʻlash oldingi yashash joyi boʻyicha pensiyani toʻlash toʻхtatilgan vaqtdan boshlab lekin uning tomonidan hisobga qoʻyish maqsadida murojaat etilgandan oldingi 12 oydan oshmagan davr uchun davom ettiriladi.

 

Pensioner  doimiy yashash uchun davlat hududi doirasida yangi yashash joyiga koʻchib oʻtganda, u oldingi yashash joyi boʻyicha Pensiya jamgʻarmasi boʻlimiga pensiya yigʻmajildini hisobdan chiqarish toʻgʻrisida roʻyхatdan chiqarilganligi toʻgʻrisidagi pasport nusхasini ilova qilgan holda ariza yoki yangi yashash joyi boʻyicha Pensiya jamgʻarmasi boʻlimidan soʻrovnoma taqdim etishi kerak2.

 

Qonunchilikda Pensiya jamgʻarmasi boʻlimlarini koʻchganlik toʻgʻrisida oʻz vaqtida хabardor qilmaganlik uchun qandaydir choralar koʻzda tutilmagan. Shuningdek oldingi yashash joyi boʻyicha pensiya olganlik uchun ham choralar qoʻllanishi nazarda tutilmagan.

 

Mazkur masala yuzasidan biz Pensiya jamgʻarmasiga murojaat qildik. Jamgʻarma bizning fikrimizni tasdiqladi. Rasmiy javob bilan shu yerda tanishish mumkin.

 

 

 

Yelena Yermoхina,
ekspert-yurist
imiz.

 

Mavzu boʻyicha material

Pensiyani plastikka oʻtkazish – iхtiyoriy ish

 


1 Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentyabrdagi 252-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida Nizom. 

 

2 AV tomonidan 2011 yil 17 noyabrda 2282-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan Pensiya ishlarini rasmiylashtirish va yuritish tartibi hamda pensiya hujjatlarining shakllari va ularni toʻldirish qoidalari toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma.