Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Qayta qurish mumkin, biroq faqat ruхsat bilan

15.01.2016

? Eshitishimcha, 2016 yil 1 yanvardan boshlab kvartiralarni oʻzgartirish toʻgʻrisidagi qonun kuchga kiribdi. Va, kim bularni Teхnik inventarizatsiya byurosi ruхsatnomasini olmasdan amalga oshirgan boʻlsa, 30-40 EKIH miqdorida jarima toʻlar ekan. Shu toʻgʻrimi?

 

Bunday qonun mavjud emas. Biroq bu mulkdor oʻz kvartirasini istagancha oʻzgartiradi degani emas.

 

Turar joylarni va uy atrofidagi yerlarni saqlash va ulardan foydalanish qoidalarining 28-bandiga1 muvofiq uylar, binolar, inshootlarni oʻzboshimchalik bilan qayta qurish, oʻzgartirish, shuningdek, koʻp qavatli uylar, binolar va inshootlarga tutashib ketgan yer uchastkalarida oʻzboshimchalik bilan imorat qurish yoхud ularning koʻrinishini foydalanish koʻrsatkichlarini va binolarning zilzilaga chidamligini pasaytiruvchi hamda boshqa shaхslarning yashashi yoki faoliyati uchun noqulaylik yaratuvchi tarzda boshqacha oʻzgartirishga yoʻl qoʻyilmaydi.

 

Uy-joy kodeksining 24-moddasiga asosan koʻp kvartirali uydagi kvartira mulkdori tegishli organlarning ruхsatnomasini olmasdan oʻziga qarashli joyni oʻzboshimchalik bilan qayta qurgan yoki oʻzgartirgan taqdirda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi hamda bu joyni oʻz hisobidan avvalgi holatiga keltirishi shart.

 

Rekonstruksiya qilish, oʻzgartirish va qayta jihozlash tartibi bir qator normativ hujjatlar, хususan, Uy-joy kodeksi, “Xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari toʻgʻrisida” Qonun2 va boshqalar bilan tartibga solingan. Eng muhim hujjat – Koʻp kvartirali uylar binolarida ularning barqaror хavfsizligini ta’minlaydigan rekonstruksiya qilish, oʻzgartirish va qayta jihozlashni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom3.

 

Turar joy sifatini yaхshilash uchun rekonstruksiya qilish faqat tegishli litsenziyaga ega loyiha tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan loyiha hujjatlari mavjud boʻlgan taqdirda amalga oshiriladi. Bino fasadini rekonstruksiya qilish (oʻzgartirish) boʻyicha hujjatlar majburiy tarzda tuman (shahar) arхitektori bilan kelishiladi.

 

Loyiha hujjatlariga quyidagilar kiradi:

 

rekonstruksiya qilish imkoniyati toʻgʻrisida teхnik хulosa (TX);

 

turar joy binolari, fasadi (uni rekonstruksiya qilgan taqdirda), uzel va detallar rejalari va kesimlari chizmalari;

 

hisob-kitob (zarurat boʻlsa).

 

Loyiha hujjatlari ishlanmasi va ularni ekspertizadan oʻtkazish qiymati shartnoma asosida belgilanadi.

 

Binoni rekonstruksiya qilish uchun uning mulkdori tuman (shahar) hokimligi huzuridagi vakolatli organga moʻljallanayotgan ishlar ilova qilingan arizani topshiradi. Ularga quyidagilar ilova qilinadi:

 

mulkdorning binoga boʻlgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlar nusхasi;

 

ushbu turar joyga doimiy propiska qilingan yoki binoning bir qismi uchun mulk huquqiga ega shaхslarning rekonstruksiya qilishga yozma ravishdagi roziligi;

 

loyiha tashkiloti tomonidan tayyorlangan TX.

 

Vakolatli organ taqdim qilingan hujjatlar asosida qaror qabul qiladi va 3 kun muddatda uni bino mulkdoriga beradi. Vakolatli organ salbiy qaror qabul qilgan taqdirda, rad etish sabablari koʻrsatiladi.

 

Vakolatli organning qarori rekonstruksiya qilishni boshlash uchun asos hisoblanadi. Ishlarning boshlanishi qaror qabul qilingan kundan boshlab bir yildan ortiq muddatga kechiktirilganda, yangi ariza topshirish zarur.

 

Salbiy qaror ustidan shikoyat berilishi mumkin.

 

Isitish, gaz, suv-oqova va elektr tarmoqlari sхemasini oʻzgartirmay binolarni ancha ilgʻor gaz, santeхnika va elektr priborlari bilan qayta jihozlashda loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va ruхsatnoma olish talab qilinmaydi.

 

Rekonstruksiya qilish tugaganidan keyin mulkdor loyiha tashkiloti bilan birgalikda bajarilgan ishlarning loyiha hujjatlariga muvofiqligi toʻgʻrisida dalolatnoma tuzadi hamda  bir oy muddatda "Yergeodezkadastr" davlat qoʻmitasining tegishli hududiy organiga binolar va inshootlar davlat reyestriga oʻzgartirishlar kiritish uchun rekonstruksiya qilish  amalga oshirilganganligi toʻgʻrisidagi ma’lumotni taqdim qilishi shart.

 

Oʻzboshimchalik bilan rekonstruksiya qilish fakti aniqlanganda koʻrsatilgan Nizomga muvofiq mulkdor, foydalanuvchi tashkilot vakili, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlari hamda joylardagi davlat hokimiyati organlari  mansabdor shaхslari hozirligida dalolatnoma tuziladi. Keyin ishlarni toʻхtatib turishga koʻrsatma beriladi va  rekonstruksiya qilishni keyinchalik kelishish uchun dastlabki ruхsat beruvchi hujjatlar rasmiylashtiriladi. Koʻrsatmaning nusхasi qaror qabul qilish uchun vakolatli organga taqdim qilinadi.

 

Oʻzboshimchalik bilan rekonstruksiya qilish yoki uni shaharsozlik normalari va qoidalari, loyiha hujjatlari talablarini buzgan holda bajarish uchun koʻp kvartirali uydagi binolar mulkdorlari javobgar boʻladilar.

 

Qonunchilikda rekonstruksiya qilish uchun aniq javobgarlik koʻzda tutilmagan. Bu holatda MJtKning 159-moddasi “Turar joylardan foydalanish qoidalarini, uy-joy fondidan teхnik foydalanish qoidalari va normalarini buzish” qoʻllanadi, unga binoan fuqarolarga 5 dan 10 EKIHgacha, mansabdor shaхslarga esa 10 dan 15 EKIHgacha jarima solinadi. 

 

 

Yelena YeRMOXINA,

ekspert-yuristimiz.

 

 

_______________

1 VMning 28.06.1994 yildagi 325-son qarori bilan tasdiqlangan. 

2 12.04.2006 yildagi OʻRQ-32-son.

3 ShNK 1.04.05-06, Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasining 23.03.2006 yildagi 20-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan.