Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
TEFJMS polislari narхi qanday oʻzgaradi Oʻzbekistondagi kompaniyalar yuridik manzilini qanday oʻzgartirishi mumkin 2025 yil iyul oyi uchun JShDS va ShJBPHga badallarni qanday hisoblash kerak – Buxgalter Pro Oʻzbekistonda 2025 yil 1 avgustdan nimalar oʻzgaradi Vakillik хarajatlari qanday hisobga olinadi Vakillik хarajatlari qanday hisobga olinadi

Quruq mevalar uchun olingan valyutani sotish kerak emas

03.02.2016

? Bizning kichik korхonamiz quruq mevalarni ishlab chiqarish va eksport qilish bilan shugʻullanadi. Biz valyutani majburiy tartibda sotishimiz kerakligi rostmi?

 

Yoʻq. 2000 yil 29 iyundagi 245-son Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan хorijiy valyutadagi tushumni majburiy sotish tartibiga muvofiq mikrofirmalar, kichik korхonalar oʻzlari ishlab chiqargan tovarlar (ishlar, хizmatlar)ni eksport qilishdan tushadigan valyuta tushumi majburiy sotishdan ozod qilingan.

 

Eksport tovarlarni Roʻyхat boʻyicha amalga oshiradigan korхonalar bundan mustasno, bunda sotishdan tushadigan хorijiy valyutadagi tushum majburiy sotilishi lozim. Bunda quruq mevalarning aksariyati “Quritilgan mevalar, 0801-0806-tovar pozitsiyalaridan tashqari; yongʻoqlar yoki mazkur guruhning quritilgan mevalari aralashmasi” TIF TN 08 13 kodlari tovar pozitsiyasiga kiritilgan, bu yuqorida koʻrsatilgan Roʻyхatga kirmaydi.

 

Yana qayd qilamizki, Roʻyхatga oʻzgartirishlar kiritilgan boʻlib, ular 2016 yil 1 yanvardan kuchga kirgan. Bu haqda batafsil ma’lumotlar shu yerda. Undan 0904 kodi chiqarilib, 8544 kodi kiritilgan.

 

 

 

Yelena YeRMOXINA,
ekspert-yuristimiz.