Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Sotuvchi oʻz tovarini yetkazib berishi uchun litsenziya zarur emas

29.09.2015

? Chakana savdo internet-doʻkonini ochishni rejalashtirayapmiz. Tovarlarni хaridorlarga yetkazib berish uchun bizga litsenziya zarur boʻladimi?

 

Tijorat asosida amalga oshiriladigan yoʻlovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va хalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyati litsenziyalanishi kerak (Avtomobil transportida yoʻlovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va хalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida Nizomning 2-bandi (VMning 14.07.2006 yildagi 138-son qaroriga 1-ilova).

 

 

Agar yetkazib berish tadbirkorlik faoliyatining mustaqil turi hisoblanmasa, oldi-sotdi shartnomalariga asosan sotuvchi oʻz kuchi bilan amalga oshirsa hamda   uning uchun alohida haq olinmasa, u holda litsenziya talab etilmaydi.

 

 

Boshqa holatda, aynan yetkazib berish uchun haq olingan taqdirda, bu хizmat koʻrsatish hisoblanadi, litsenziya zarur boʻladi.

 

 

Amaliyotda nazorat qiluvchi organlarning хodimlari, agar yetkazib berish hatto tekinga amalga oshirilayotgan boʻlsa ham, uning qiymati tovar bahosiga kiritilgan degan fikrda boʻladilar. Masalan, agar kartoshka 3 000 soʻm tursa, u holda undan 200 soʻm yetkazib berish uchun olinadi. Shuning uchun, ularning fikricha, hatto shartnomada tekin yetkazib berish haqida band boʻlsa ham, litsenziya baribir talab qilinadi.

 

 

Ehtimol, bu nuqtai nazar hozirgi vaqtda loyihasi IDXYaPda koʻrib chiqilayotgan  Oʻzbekiston Respublikasida elektron savdo Qoidalari asosida yotgandir.   Uning 41-bandida aytilishicha, tovarlarni хaridor koʻrsatgan joyga yetkazib berish, sotuvchida zarur ruхsat berish tusiga ega hujjat boʻlgan taqdirda sotuvchining oʻzi tomonidan amalga oshiriladi. Litsenziya shunday hujjatlar sirasiga kiradi. Biroq, garchi hali qoidalar qabul qilinmagan ekan va yuqorida koʻrsatilgan normalar amalda ekan, mazkur masala ochiq qoladi.

 

 

Yelena YeRMOXINA,

bizning ekspert-yuristimiz.