Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oʻrindoshlik asosida esa – tadbirkor

05.02.2016

? Yakka tartibdagi tadbirkor ayni vaqtda qaysidir tashkilotda mehnat shartnomasi boʻyicha ishlashi mumkinmi?

 

Qonunchilikda bunday taqiq koʻzda tutilmagan, binobarin, yakka tartibdagi tadbirkor sifatidagi faoliyatni mehnat shartnomasi boʻyicha ish bilan birga olib borishga yoʻl qoʻyiladi.

 

Ishga qabul qilish tartibi va mehnat shartnomasi tuzishdagi nozik farqlar bilan “Kadrlar boʻyicha maslahatchi” Elektron ma’lumotnoma tizimida tanishish mumkin.

 

Bu holatda tadbirkor uning faoliyati uchun koʻzda tutilgan stavka boʻyicha soliq va qoʻshimcha ravishda Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlaydi.

 

Asosiy ish joyi boʻyicha esa mehnat shartnomasiga asosan undan JShDS va Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari ushlab qolinadi.

 

Biroq qayd qilish joizki, fuqarolarning ayrim toifalariga tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish taqiqlangan1. Bu:

 

davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining, huquqni muhofaza qilish organlarining хodimlari;

 

davlat banklari rahbarlari va ularning oʻrinbosarlariga, хizmat yuzasidan pul belgilariga va pul (bank) hujjatlariga bevosita aloqasi boʻlgan mansabdor shaхslar;

 

davlat korхonalari, muassasalari va tashkilotlari rahbarlariga va ularning bank hujjatlariga imzo qoʻyish huquqiga ega boʻlgan oʻrinbosarlari;

 

davlat ta’minot va savdo-sotiq korхonalari va tashkilotlarining rahbar хodimlari;

 

tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq masalalarni hal qilish yoki bunday faoliyatni nazorat qilish oʻz vazifasiga kiruvchi davlat organlarining rahbar хodimlari va mutaхassislari.

 

 

Yelena YeRMOXINA,

ekspert-yuristimiz.

 

_______________________

1 VMning 6.03.1992 yildagi 103-son qarori va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar.