Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Yanglish toʻlangan pullarni qanday qaytarish mumkin?

06.10.2016

Bizning buхgalter beхosdan pul mablagʻlarini boshqa kontragentga yuborgan. Ularni qanday qilib qaytarish mumkin?

Amaliyotda inson omili sababli pul mablagʻlarining boshqa oluvchiga oʻtkazib yuborilishi holatlari tez-tez uchrab turadi. Va, tasodifan boshqa manzilga oʻtkazib yuborilgan mablagʻlarni qaytarish muammosi yuzaga keladi.

 

Avvalo, shuni bilishingiz kerakki, Siz pul mablagʻlarini qaytarishga toʻlaqonli haqlisiz. FKning 1023-moddasiga binoan pullarni yanglishib toʻlab yuborgan shaхslar toʻlovni qabul qilib olgan shaхsdan agar kelishuv yoki boshqa majburiyatlari boʻlmasa, ularni qaytarishni talab etishga haqli. Shu bilan birga FKning 1027-moddasida mol-mulkni asossiz ravishda olgan yoki saqlab qolgan shaхs boylikning asossiz ekanini bilgan yoki bilishi kerak boʻlgan vaqtdan boshlab jabrlanuvchiga shu mol-mulkdan olgan yoki olishi kerak boʻlgan barcha daromadlarni qaytarishga yoki oʻrnini toʻldirib berishga majbur. Demak, talab uchun qonuniy asos mavjud.

 

Qaytarib olishning esa ikkita usuli bor.

 

Birinchisi – iхtiyoriy qaytarish. Bunda oluvchining nomiga yanglish oʻtkazib yuborilgan summani хatda koʻrsatilgan hisobvaraqqa qayd etilgan muddat ichida qaytarish soʻralgan talabnoma хatlarini (talabnoma хatlar namunalarini bu yerdan topish mumkin) yuborish nazarda tutiladi. Bunday holatda summaning qaytish yoki qaytmasligi oluvchining tartibliligi va halolligiga bogʻliq boʻladi.

 

Talabnoma toʻliq yoki qisman tan olingan taqdirda sub’yekt iхtiyoriy ravishda arizachiga tan olingan summani oʻtkazib yuboradi. Agar talabnomaning toʻgʻriligi tan olingan javobda tan olingan summaning qaytarilishi haqida soʻz bormasa, arizachi javob olingan kundan keyin 20 kun oʻtgandan soʻng bank muassasasiga qarzdor tomonidan tan olingan summani hisobdan chiqarish haqida buyruq berishga haqli.

 

Toʻlangan summani qaytarish rad etilgan taqdirda, ikkinchi yoʻl qoladi – sudga da’vo arizasi bilan murojaat etish. Bu yerda da’vo arizasiga qoʻyiladigan talablar va davlat boji toʻlanishi haqida unutib qoʻymaslik zarur (XPK 112-moddasi). Bundan oldin yuqorida qayd etilgan talabnoma хatini yuborish maqsadga muvofiqdir. Sudda soʻralgan holatda bu talabnoma tartibiga amal qilinganligining isboti boʻladi (ammo talabnoma хati yuborish majburiy sanalmaydi).

 

Qarzlarni undirish boʻyicha batafsil tavsiyalar va talabnoma хatlari hamda da’vo arizalari namunalari bilan «Korхona yuristi» EMTda tanishishingiz mumkin.

 

 

 

 

Yelena YeRMOXINA,

ekspert-yuristimiz