Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Yetkazib beruvchi oldida qarz yoʻq, lekin inkasso qoʻyildi: kompaniya undiruvni toʻxtatishga qanday muvaffaq boʻldi Bojxona QQSini mamlakat ichkarisida ortiqcha toʻlov hisobiga kim kamaytira oladi Foizsiz qarz shartnomasi: qanday qilib xatolarsiz rasmiylashtirish mumkin Foizsiz qarz shartnomasi: qanday qilib xatolarsiz rasmiylashtirish mumkin

1 yanvargacha bepul foydalaning, marhamat!

05.09.2017

3 oy muqaddam test rejimida Buxgalterlar malakasini baholash tizimi bir.uz ishga tushirilgan edi. Testdan joriy yilning 1 sentyabrigacha bepul foydalanish mumkin edi. Foydalanuvchilarning koʻplab iltimoslariga binoan Tizimdan bepul foydalanish imkoniyati 2018 yilning 1 yanvariga qadar uzaytirildi.

 

Buxgalterlar malakasini oshirish tizimi – bir.uz — bu bilimdagi kamchiliklarni toʻldirgan holda oʻz professional darajasini mustaqil ravishda baholash va oshirish imkoniyati. Testdan istalgan joyda, istalgan vaqtda oʻtish mumkin, faqat kompyuter va internet boʻlsa bas. Oʻrgatuvchi testdan oʻtganlarga elektron sertifikat beriladi, qatnab topshirilgan imtihondan keyin esa – malaka guvohnomasi taqdim etiladi.

 

Loyiha pullik asosda testdan oʻtish va oʻz bilimlarini oshirishga tayyor foydalanuvchilarga ma’qul keldi.

 

 

 

Akmal Quvondiqov: «Barcha uchun kerakli, zoʻr materiallar! Shaxsan menga oʻquv materiallari uchun keltirilgan suratlar juda yoqdi. Norma mutaxassislariga katta rahmat!»

 

Laniya Kupsova: «Bunday materiallar doim yonimda boʻlishini istardim, kerak boʻlib qolishi mumkin. Hatto masalani direktorga tushuntirib bersa ham boʻladi, suratlar bilan bu juda oson kechadi».

 

Dildora Iminoxunova: «Bunday yaxshi oʻquv materiallari uchun «Norma»ga rahmat. Barchasi hamma uchun tushunarli boʻlgan oddiy tilda yozilgan. Noshirlar oʻquv materialini kitob tarzida chiqarishsa nur ustiga a’lo nur boʻlar edi. Koʻpchilik bu kitobni sotib olgan boʻlardi, deb oʻylayman. Taklif deb qabul qilasiz». 

 

Foydalanuvchilarning qiziqishini inobatga olgan holda ma’muriyat barchaga sovgʻa tariqasida bir.uz tizimidan bepul ravishda 2018 yilning 1 yanvarigacha foydalanish imkonini yaratdi.