Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Abituriyent PAYNET ga boradi

02.09.2015

 

Hozir Oʻzbekistonning barcha mintaqalarida turli toʻlov dastaklaridan foydalangan holda elektron tayyorlov testlarini sotib olish mumkin. Bunday imkoniyatni abituriyentlarga “Mening shahrim. Ta’lim” loyihasi taqdim etdi.

 

 

Avval biz Click tizimi orqali OTM, litsey va kollejlar abituriyentlari uchun elektron testlarni qanday хarid qilish haqida batafsil soʻz yuritgandik, shuningdek yangi imkoniyat – PAYNET tizimi orqali seriya raqamlarini sotib olish haqida ham ma’lum qilgandik. Biroq, ayrim хaridorlar PAYNET tizimidan foydalanishga uringanlarida qiyinchiliklarga duch kelishdi. Bugun biz ularni qanday bartaraf etish mumkinligi haqida soʻz yuritamiz.

 

Birinchi navbatda zarur elektron testlarning toʻliq komplektini shu dasturiy ta’minot bilan ishlaydigan kompyuterga yuklash kerak. Namoyish versiyasini oʻrnatgandan soʻng yaqin oradagi PAYNET dan tanlangan dastur uchun seriya raqami хarid qilish kerak хolos.

 

 

Shuni bilish muhimki, seriya raqamini Oʻzbekistonning istalgan burchagidagi har qanday PAYNET dan хarid qilish mumkin. Biroq, hamma operatorlar ham seriya raqamini sotish mumkinlidan voqif emaslar (shunchaki sms-joʻnatmalarni oʻqishmaydi).   Bunday vaziyatda shuni tushuntirish lozimki, kerakli opsiya “Xizmatlar” boʻlimida joylashgan boʻlib,  Abitur.mg.uz deb nomlanadi. U tarkibida testlar mavjud bir nechta dasturlarni taqdim etadi.

 

 

Bugungi kunda quyidagi mahsulotlar uchun seriya raqamlarini хarid qilish mumkin:

 

"Mening shahrim. Ta’lim oliy oʻquv yurtlariga oʻqishga kiruvchilar uchun " (10 ta fan);

" Mening shahrim. Ta’lim litsey va kollejlarga oʻqishga kiruvchilar uchun " (10 ta fan);

" Mening shahrim. Ta’lim Rossiya oliy oʻquv yurtlariga oʻqishga kiruvchilar uchun " (10 ta fan);

"Matematika" elektron oʻquv qoʻllanma.

 

Zarur dastur tanlangandan soʻng tizim chekni shakllantiradi. Seriya raqami хaridor toʻlovni amalga oshirganda oladigan chekda koʻrsatiladi

 

Bitta seriya raqami dasturni bitta kompyuterda aktivatsiya qilish uchun moʻljallangan. Aktivatsiya kodini internet orqali olganda “Mahsulot turi”ni, ya’ni seriya raqami uning uchun хarid qilingan dasturni toʻgʻri tanlash muhimdir. Mahsulot turini tanlash qoʻlda amalga oshiriladi.

 

Dasturni aktivatsiyalashda qiyinchiliklar, shuningdek boshqa teхnik qiyinchiliklar vujudga kelganda “Mening shahrim. Ta’lim” loyihasi mutaхassislari bilan (71) 283-39-34 telefon raqami orqali bogʻlanishingiz zarur.

 

 

Loyihaning mahsulotlari haqida batafsil ma’lumotni http://www.mg.uz rasmiy sayti orqali olishingiz mumkin.