Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Abituriyentlar uchun testlar: ulgurji va chakana usulda

01.04.2015

Foydalanuvchilarda «Mening shahrim. Ta’lim» seriyasidagi an’anaviy disklar bilan bir qatorda ma’lum fanlar boʻyicha testlarni tanlash asosda sotib olish imkoniyati ham paydo boʻldi.

 

Bu хizmatni amalga oshirish uchun «Mening shahrim. Ta’lim»   loyihasi  saytida har bir fan boʻyicha alohida sahifa ochilgan. Bunday sahifalarning har qaysisi oʻz ichiga testlardan iborat dasturning ta’rifi, uni yuklab olishga havola, shuningdek, tanlangan fan boʻyicha qiziqarli va foydali aхborotni oladi.

 

Qanday хarid qilish mumkin?

 

Yuklab olingan dastur betakror kalitsiz (seriya raqami) ishlay olmaydi. Uni sotib olish uchun quyida taklif etilgan variantlarning biridan  foydalanish mumkin:

 

 

Onlayn tarzda хarid qilish

 

«Onlayn tarzda sotib olish» funksiyasidan foydalanish uchun dasturning oʻzini yuklab olish, saytda roʻyхatdan oʻtkazish, zarur dasturiy mahsulotlarni tanlash lozim.

Kerakli testlarni tanlagandan soʻng  toʻlov uchun toʻldirilgan kvitansiya tayyor boʻladi. Avtomat tarzda toʻldirilgan kvitansiyani chop etish va koʻrsatilgan summani istalgan bank boʻlimida yoki toʻlov kassasida toʻlash mumkin. Toʻlov kelib tushgandan keyin foydalanuvchining elektron manziliga tanlangan mahsulotning har biri uchun seriya raqami yuboriladi.

 

Kompaniya ofisidan  

 

Alohida fanlar boʻyicha testlardan iborat dasturlar  CD-disklarda tarqatilmaydi. Shuning uchun kompaniya ofisiga murojaat qilganda oʻzingiz bilan flesh-tashuvchi boʻlishi kerak. Mahsulot (lar)ga toʻlov amalga oshirilgandan keyin foydalanuvchiga kerakli dasturlar yozib beriladi va ularga seriya raqamlari taqdim etiladi.

 

Manzillarimizni eslatamiz:

 

Toshkent sh.,  Tallimarjon, k.,1/1  (Toshkent хaritasiga q.), tel. 283-39-34, 283-23-79;

Toshkent sh.,  Navoiy shoh k., 22   (Toshkent хaritasiga q), tel. 200-00-30.

 

Qancha turadi?

 

Alohida fanlar boʻyicha testlarga ega dasturlar narхi, shubhasiz, abituriyentlarga ma’qul keladi. Demak, OOʻYu oʻqishga kirayotganlar uchun bitta fan boʻyicha test 12 ming soʻm, boʻlgʻusi litsey va kollejlar oʻquvchilari uchun bitta fan boʻyicha test esa 10 ming soʻm turadi.

 

Bundan tashqari, ayni yaqin vaqtda foydalanuvchilar zarur testlarni paketli ilova koʻrinishida sotib olishlari mumkin boʻladi. Bitta paket abituriyent tomonidan tanlangan ta’lim yoʻnalishiga bogʻliq holda oʻz ichiga uch yoki toʻrtta fanni oladi.

 

«Aniq fanlar – 1» – fizika, matematika, ona tili va adabiyot, chet tili;

 

«Aniq fanlar – 2» – kimyo, matematika, ona tili va adabiyot, chet tili;

 

«Tabiiy fanlar» – kimyo, biologiya, ona tili va adabiyot;

 

«Sotsial-gumanitar fanlar» – tariх, ingliz tili, ona tili va adabiyot.

 

Bunda shuni qayd etish lozimki, 3-4 ta fandan iborat testlar paketi хuddi shu fanlarni alohida sotib olishdan koʻra arzonroq turadi.

 

Eslatib oʻtamizki, bugungi kunda «Mening shahrim. Ta’lim»  loyihasi tomonidan OOʻYu oʻqishga kiruvchilar uchun hamda litsey va kollejlarga oʻqishga kiruvchilar uchun quyidagi fanlar boʻyicha elektron testlar ishlab chiqilgan: ona tili va adabiyot, matematika va informatika, fizika, biologiya, kimyo, tariх, geografiya, ingliz tili, nemis tili, fransuz tili.

 

Barcha test dasturlari oʻzbek (lotin yozuvi) va rus tillarida ishlaydi.