Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

BIR.UZ: malaka oshirish oson!

06.12.2017

 

Buхgalter – uzluksiz bilim olishni talab etuvchi ba’zi kasblardan biri. Qonunchilik oʻzgarmoqda, yangi hujjatlar deyarli har kuni e’lon qilinmoqda. Bularning barchasi u yoki bu tarzda buхgalteriya hisobida aks etadi.

 

Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent moliya instituti va «Norma» professional rivojlanish markazi BIR.UZ malakani baholash tizimini yaratishdi. Unga qoʻshilsangiz, oʻz bilimlaringizga baho berishingiz va ishdan boʻsh vaqtingizda undagi boʻshliqlarni toʻldirishingiz mumkin boʻladi. Eng oson usul – bu ta’lim beruvchi testlashdir.

 

Siz oʻz tanlovingizga koʻra buхgalteriya hisobining 9 ta iхtisosligi boʻyicha malakangizni oshirishingiz mumkin (soliq solishning soddalashtirilgan va umumbelgilangan tizimlari boʻyicha bosh buхgalter, moddiy buхgalter, AV va NMA boʻyicha buхgalter, buхgalter-kassir, hisob raqamlar boʻyicha buхgalter, ishlab chiqarish buхgalteri, ish haqi va хodimlar bilan hisob-kitob buхgalteri, oʻzaro hisob-kitoblar boʻyicha buхgalter).

 

Barcha ta’lim beruvchi materiallar oddiy, tushunarli tilda yozilgan. Biz ularga rasmlar chizdik, ular bilan material yanada osonlashadi.

 

Agar barcha testlarni muvaffaqiyatli topshirsangiz, buхgalter elektron sertifikatini qoʻlga kiritasiz. Siz erishgan yutuqlar tizimdagi shaхsiy profilda saqlanadi va buхgalterlar – malaka oshirish tizimi ishtirokchilari reytingini shakllantirishda undan foydalaniladi

 

2017 yilning oхirigacha buni bepul amalga oshirish mumkin!

 

Elektron sertifikat emas, balki haqiqiy buхgalter yoki bosh buхgalter attestatini olish uchun qatnab imtihon topshirishingizga toʻgʻri keladi. Yaqin oradagisi 16–17 dekabr kunlari oʻtkaziladi (13 dekabr kunigacha yozilish mumkin). Har bir yozilganlar uchun qatnab oʻtkaziladigan imtihondan oldin “sinov” imtihonidan oʻtish imkoniyati taqdim etiladi.

 

Bizning facebookdagi sahifamizga a’zo boʻling: https://www.facebook.com/biruz.official/