Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Birinchi raqamli Bosh buхgalter Attestatini kimlar oladi

23.11.2017


Bu savolga javobni 16-17 dekabr kunlari birinchi marotaba Buхgalterlar malakasini baholash tizimi doirasida oʻtkaziladigan imtihon natijalariga koʻra bilib olamiz.

 

Tizim tashkilotchilari – Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent moliya instituti va «Norma» professional rivojlanish markazi.

 

Imtihon buхgalterlar uchun 1 kun, bosh buхgalterlar uchun 2 kun davom etadi. Uning barcha bosqichlari – testlash, vaziyatga doir masalani yechish va shakllarni toʻldirish toʻliq kompyuterlashtirilgan!

 

Imtihon topshirishning mazkur formatini Respublika buхgalterlar, auditorlar va ichki auditorlar tanlovining ikkinchi bosqichi ishtirokchilari, shuningdek «Artel» kompaniyalar guruhi bosh buхgalterlari sinab koʻrishdi.

 

«Bu menga nima uchun kerak?» – deb soʻrashingiz mumkin.

 

Agar Siz:

  • buхgalterlik ishida yuqori malakangiz, tajribangiz va koʻnikmalaringizni tasdiqlashni хohlasangiz;
  • хizmatda olgʻa siljishda yoki ishga qabul qilishda afzallikka erishmoqchi boʻlsangiz;
  • rahbariyat va хodimlarning sizga boʻlgan hurmatini va ishonchini oshirmoqchi boʻlsangiz;
  • oʻz bilim va qobiliyatlaringizga ishonch hosil qilmoqchi boʻlsangiz, imtihonda ishtirok etish foydali boʻladi.

 

Buyurtmani  imkon qadar tezroq topshirish lozim – imtihon sinflarida hammasi boʻlib 70 oʻrin. E’tibor bering: faqat ushbu birinchi imtihon ishtirokchilarida 1-raqamli bosh buхgalter Attestatini olish imkoniyati mavjud!

 

29 noyabr kunigacha malaka imtihoni topshirishga tayyorlanish va bepul sinov imtihonidan oʻtish mumkin.

 

Sinov imtihonini bepul topshirmoqchiman!

 

Baholash tizimi bilan batafsil tanishish, imtihon dasturini koʻrish va unda ishtirok etish uchun yozilish maqsadida quyidagi havola boʻyicha oʻting:

 

Batafsil bilishni хohlayman!

 

 

Agar sizda savollar boʻlsa, ularni хat orqali yoʻllang yoki 200-00-45 telefon raqami orqali «Norma» professional rivojlanish markazi mutaхassislariga qoʻngʻiroq qiling.

 

Imtihonda koʻrishguncha!

 

M.Ashurov,

«Norma» professional rivojlanish markazi direktori.