Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Yetkazib beruvchi oldida qarz yoʻq, lekin inkasso qoʻyildi: kompaniya undiruvni toʻxtatishga qanday muvaffaq boʻldi Bojxona QQSini mamlakat ichkarisida ortiqcha toʻlov hisobiga kim kamaytira oladi Foizsiz qarz shartnomasi: qanday qilib xatolarsiz rasmiylashtirish mumkin Foizsiz qarz shartnomasi: qanday qilib xatolarsiz rasmiylashtirish mumkin

Bitimlarga soliq solinishini qanday maqbullashtirish mumkin

25.05.2018

Rus tilida oʻqish

 

Xoʻjalik shartnomalari va bitimlarining soliq oqibatlari ularning mazmuniga doir koʻplab jihatlarga bogʻliq. Keyinchalik soliq idorasida muammoga toʻqnash kelmaslik uchun shartnomani qanday tuzish kerak? ViGoRus konsalting kompaniyasi direktori Svetlana Golosova maslahat beradi.

 

– Amaliyotda xoʻjalik bitimlari tusiga qarab turli xil shartnomalar bilan rasmiylashtiriladi, ularning har biri koʻpgina xususiyatlarga ega boʻladi. Noaniqliklar, xatolar, e’tiborsizlik soliqlarning ortiqcha toʻlanishi yoki qoʻshimcha hisoblanishiga, jarimalarga va boshqa koʻngilsizliklarga olib kelishi mumkin.  

 

Soliq solish jihatidan kamchiliklarga yoʻl qoʻymaslik uchun nima qilish kerak? Bu katta mavzu, Norma professional rivojlanish markazida oʻtkaziladigan «Xoʻjalik shartnomalari va bitimlarining soliq oqibatlari» seminarida ana shu haqda soʻz yuritaman. Navbatdagisi 30 mayda boʻlib oʻtadi. Xohlovchilar bu yerda yozilishlari mumkin. 

 

Ushbu seminarlarga buxgalterlar qatori yuristlar ham keladilar. Bu tasodifiy hol emas. Amaliyotda, ayniqsa kichik korxonalar va mikrofirmalar haqida soʻz borganda, shartnomalarni tayyorlash va tuzish jarayoni buxgalter zimmasida boʻladi. Shartnomani tuzish chogʻida u koʻpgina yuridik jihatlarni inobatga olishi lozim, aks holda ular nafaqat huquqiy, balki soliq oqibatlariga olib keladi. Yirik korxonalarda shartnomalar bilan, odatda, yuristlar ishlaydilar, ular soliq solish masalalarini tushunishlari, soliq solinadigan bazani toʻgʻri belgilay olishlari muhim ahamiyatga ega. Har qanday holatda ham buxgalter shartnomalar tuzishning huquqiy asoslarini, yurist esa buxgalteriya hisobi va soliq solish asoslarini bilishi shart.

 

Shuni qayd etib oʻtmoqchimanki, seminar ishtirokchilarining bunday tarkibda boʻlishi masalalarni har tomonlama koʻrib chiqish imkonini beradi. Bu uchrashuvni axborot bilan yanada boyitadi va foydali qiladi, turli xil masalalarni koʻrib chiqishga zamin yaratadi. 




 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami ix razmeshcheniya.
Gost_