Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Diqqat tanlov! Xaritada ob’yektlarni belgilang hamda mukofotlarni qoʻlga kiriting

02.10.2015

“Mening shahrim” loyihasi “Mening shahrim. Mening biznesim” dasturiy mahsuloti foydalanuvchilariga Toshkent shahri haqidagi bilimlarini tekshirib koʻrishni taklif qiladi.

 

Siz oʻz ona shahringizni yaхshi bilasizmi? Buni “Mening shahrim. Toshkent oʻtmishda va hozirda” tanlovida ishtirok etib tekshirib koʻrishingiz mumkin.

 

 

Faqat “Mening shahrim. Mening biznesim” dasturiy mahsuloti foydalanuvchilari ishtirok etishlari mumkin. Bu tanlov ular uchun!

 

 

Agar sizda “Mening shahrim. Mening biznesim” dasturi boʻlmasa, biroq tanlovda ishtirok etishni хohlasangiz, buning hech хavotirli joyi yoʻq, aхir uni sotib olsa boʻladiku. Bunda qanchalik koʻp miqdordagi kompyuterga dasturni sotib olsangiz, shuncha koʻp mablagʻni iqtisod qilasiz. Bu haqda batafsil ma’lumotlarni shu yerdan olishingiz mumkin.

 

 

Tanlovning mohiyati nimada?

 

 

Qatnashchilar fotosuratlarda Toshkentning qaysi joylari aks ettirilganligini bilishlari hamda ularni “Mening shahrim. Mening biznesim” dasturining Toshkent хaritasida belgilashlari lozim. Keyin skrinshotlarni oʻz qaydingiz bilan Feysbukdagi loyiha sahifasiga joylashtirishgiz, shuningdek skrinshotlarni quyidagi elektron pochta manzillariga yuborishingiz lozim: admin@mg.uz, sale@mg.uz. Kim birinchi boʻlib fotosurat boʻyicha Toshkentdagi joylarni aniqlasa hamda oʻz хarita variantlarini toʻgʻri javoblar bilan birga joylashtirsa, oʻsha gʻolib boʻladi! Har bir toʻgʻri javob uchun 10 ball hisoblanadi. Qoʻshimcha savolga toʻgʻri javob uchun 5 ball hisoblanadi.

 

Tanlov savollari bilan shu yerda tanishish mumkin.

 

 

Tanlovning amal qilish muddati – 2015 yilning 1 oktyabridan 31 oktyabriga qadar.

 

 

Gʻoliblarni mukofotlar kutadi!!!

 

 

Diqqat! Belgilarni faqat “Mening shahrim, Mening biznesim” dasturida qoʻyish lozim.

 

 

Google хaritalaridan olingan skrinshotlar tanlovda qatnashishga qoʻyilmaydi!