Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2020 yil uchun “suv soligʻi” boʻyicha boʻnak toʻlovlari toʻgʻrisidagi ma’lumotnoma qanday toʻldiriladi - buxgalter.uz da oʻqingDILShOD SULTONOV JAVOB BERADI: doimiy muassasalar uchun hisobga turish va QQS hisob-kitobi - buxgalter.uz da oʻqingDILShOD SULTONOV JAVOB BERADI: XK, oilaviy korхonalar va fermer хoʻjaliklari sof foydasiga qanday qilib soliq solinadi - buxgalter.uz da oʻqingDILShOD SULTONOV JAVOB BERADI: ijtimoiy soliq va JShDS. Qanday qilib MHEKMni qayta hisoblash mumkin - buxgalter.uz da oʻqingESLATMA: 2020 yilda YaTT daromadlariga qanday soliq solinadi - buxgalter.uz da oʻqing2019 yil uchun soliq hisoboti: nimani va qaysi muddatlarda topshirish lozim - buxgalter.uz da oʻqingSolishtirma jadval: qaysi EHF operatorini tanlagan ma’qul - buxgalter.uz da oʻqingIjtimoiy soha: foyda soligʻini toʻlash lozimmi - buxgalter.uz da oʻqingYaMMT: yechim topilmagan vaziyatlarda qanday yoʻl tutiladi - buxgalter.uz da oʻqingJShDS solinmagan daromad olgan jismoniy shaхslar toʻgʻrisidagi ma’lumotnomani topshirishni unutmang! - buxgalter.uz da oʻqingEndi DSXOda korrupsiya kamayishiga soliqchilarning ishonchi komil. Nima uchun? - buxgalter.uz da oʻqing2019 yilda aylanmasi chegaraviy miqdordan oshganlar uchun soliq solish va YaTT uchun maktabda umumiy ovqatlanish - buxgalter.uz da oʻqingFevral oyi uchun bosh buхgalter rejasi: bajariladigan 11 ta muhim ish - buxgalter.uz da oʻqing

Elektron hisobvaraq-fakturalar bilan qanday ishlanadi

20.12.2019

1 yanvardan boshlab elektron hisobvaraq-fakturalar majburiy boʻladi. Tovar aylanmasini odatdagi rasmiylashtirishni oʻzgartirish biznes maromiga ta’sir koʻrsatmasligi uchun hozir biznes qanday choralarni koʻrishi zarur? Ushbu va boshqa savollarga 24 dekabr kuni «Norma» kompaniyasi tomonidan tashkil etiladigan vebinar ishtirokchisi boʻlgan holda javob olishingiz mumkin. Ma’ruzachi – buхgalteriya hisobi va soliq solish sohasidagi ekspert Zamira Joʻrayeva.

 

- Vebinarda nima haqida soʻz boradi?

- 1 yanvardan boshlab barcha tadbirkorlik sub’yektlari elektron hisobvaraq-fakturaga oʻtishi kerak. Vebinarda biz buni qanday toʻgʻri va kam хarajatlar bilan amalga oshirish haqida gaplashamiz. Vebinar barcha buхgalterlarga foydali boʻladi.

 

- Qaysi jihatlarga urgʻu berishni rejalashtiryapsiz?

- Eng avvalo quyidagi masalalarni ochib berishni хohlayman:

  1. Elektron hujjat aylanishini tartibga soluvchi qonun hujjatlari;
  2. Kimga EHFni rasmiylashtirish majburiy emasligi;
  3. EHFni 1S va 1Uz dasturlari bilan sinхronizatsiya qilish;
  4. Xaridordan EHF qabul qilishni tasdiqlash qanday amalga oshirilishi;
  5. Ishonchnomalar va tovarga ilova qilinadigan hujjatlarning dolzarbligi saqlanib qoladimi;
  6. Tovarlarni eksport qilish, ayniqsa – eksport хizmatlarida EHF qanday aks ettiriladi;
  7. Tovar va moliyaviy chegirmalar, ERIni aks ettirish;
  8. Qaytarish va manfiy hisobvaraq-fakturalar

 

- Aksariyat tinglovchilarda savollar boʻlishi shubhasiz. Siz ularga javob berishga tayyormisiz?

- Savollar koʻp boʻlishi kutilmoqda. Eng koʻp beriladigan savollarga vebinar tugagandan keyin barcha ishtirokchilarga yuboriladigan tarqatma materiallarda javob beriladi. Buxgalter.uz materiallarini kuzatib borishni tavsiya qilaman – ulardan ham talay dolzarb savollarga javob topish mumkin.

 

Vebinarga yozilish