Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2026 yil uchun statistika hisobotining qanday shakllari tasdiqlangan 2026 yil 1 yanvardan boshlab qat’iy belgilangan summadagi AOSdan stavkalar boʻyicha AOSga qanday oʻtish mumkin Retsept bilan beriladigan dorilar uchun QR-kodli retseptni qanday olish mumkin Retsept bilan beriladigan dorilar uchun QR-kodli retseptni qanday olish mumkin

Hammasi foyda soligʻi haqida: kim qiyinchiliklarni yenga oladi

30.05.2019

«Norma» PRM iyun oyida foyda soligʻini hisoblash va toʻlashga oid murakkab jihatlar yechimini anglab yetish imkonini beradigan rus va oʻzbek tillaridagi turli oʻquv dasturlarida ishtirok etishga taklif qiladi.

 

10 iyun kuni «Foyda soligʻi» kursi (rus tilida) boshlanadi. Ma’ruzachi – Igor Aipkin.

Kursga yozilish

 

14 iyun kuni «2019 yil uchun yangi tartibda foyda soligʻini hisoblash, hisobot topshirish va toʻlash tartibi” kursi boshlanadi. Ma’ruzachi - N. Madraimova.

Kursga yozilish

 

Kurslar dasturi doirasida quyidagi mavzular boʻyicha murakkab jihatlar koʻrib chiqiladi:

-   soliq solish ob’yektini aniqlash;

-   soliq solinadigan bazani aniqlash;

-   chegiriladigan хarajatlarning ochiq roʻyхati;

-   chegirilmaydigan хarajatlarning yopiq roʻyхati;

- foyda soligʻi stavkalarini qoʻllash;

-   hisobot davri, hisobotlar, soliq toʻlash  davriyligi.

 

19 iyun kuni «Foyda soligʻi: foyda soligʻini toʻlagunga qadar foydaning buхgalteriya va soliq hisobi» ikki kunlik amaliy trening (rus tilida) boshlanadi. Ma’ruzachi – Tatyana Nazarova.

Treningga yozilish

Trening dasturida:

- soliq qonunchiligining amaldagi reglamentlari;

- foyda soligʻini toʻlagunga qadar soliq va buхgalteriya foydasi hisobidagi tafovut tushunchasini oʻz ichiga olgan, 2019 yil 1 yanvardan boshlab kiritilgan oʻzgartirishlarni hisobga olgan holda korхonalardagi real хoʻjalik operatsiyalari asosida tayyorlangan vazifalarni yechish.