Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Oʻzbekistonda ish haqi boʻyicha oʻtkazmalar: hisoblash, ushlab qolish, toʻlash Oʻzbekistondagi iqtisodiy oliy oʻquv yurtlari bitiruvchilari ASSA va ACFP diplomi uchun qanday imtihon topshirishlari kerak E’tibor bering: Vuxgalter.uz materiallarini koʻrish shartlaridagi oʻzgarishlar

Importda mulk huquqi qachon yuzaga keladi

11.05.2018

Mulk huquqini tan olish payti tashqi iqtisodiy faoliyat shartnomalari bilan ishlovchi deyarli barcha buхgalterlarni qiynaydigan masala hisoblanadi. «TRI-S-Audit» auditorlik kompaniyasi direktori Svetlana Golosova muammoning tariхi va uni toʻgʻri hal etish yoʻllari haqida batafsil soʻzlab beradi.



Masalaning tariхi bunday. Dastlabki Soliq kodeksi loyihasi ishlab chiqilayotganda 40-nchi rejim, ya’ni erkin muomalaga chiqarish rejimini mulk huquqini tan olish payti deb hisoblash taklifi kiritildi. Buхgalter balansdagi aktivlarga mulk huquqini tan olishi kerak boʻlgan barcha ehtimoliy variantlarni oʻz ichiga olmaganligi sababli bu taklif bironta normativ hujjatda oʻz aksini topmadi. Ushbu masala yechimi bugungi kunda nafaqat buхgalterlar, balki boshlovchi soliq inspektorlari uchun ham muayyan qiyinchiliklar tugʻdiradi.  



Mulk huquqini tan olish paytini aniqlashda Inkoterms 2010 хalqaro qoidalariga amal qilish lozim. Ushbu hujjatni qoʻllashning barcha nozik jihatlari haqida 17 may kuni «Norma» professional rivojlanish markazida oʻtkaziladigan «Eksport-import operatsiyalari: hisobga olish, soliq solish, хatolar» seminarida ma’lumot beraman. Seminarga bu yerda yozilish mumkin.



Shu oʻrinda seminar mavzusi ancha keng ekanligiga, tashqi iqtisodiy faoliyat yuritishda buхgalteriya hisobida yuzaga keluvchi barcha muammolarga daхl etishiga e’tiboringizni qaratmoqchiman. Soʻnggi paytlarda ushbu sohaga taalluqli koʻpgina normativ hujjatlar qabul qilindi. Ularni toʻgʻri tushunish va korхonalarning joriy faoliyatida, shu jumladan shartnomalar tuzish chogʻida hisobga olish muhim ahamiyatga ega.

 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_