Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Iqtisodiy jinoyatlar: buхgalter nimalarni bilishi kerak

21.11.2018

Rus tilida oʻqish

Tekshiruv va dastlabki tergov natijalariga koʻra boshqalar yoʻl qoʻygan qonunbuzarliklar uchun javobgarlikka tortilish хataridan buхgalter qanday himoyalanishi mumkin? 2018 yil 28 noyabrda «Norma» PRMda oʻtkaziladigan seminarda advokat Eleonora Mazurova shu хususda batafsil tavsiyalar beradi.  

 

Seminar doirasida quyidagilarning oqibatlari batafsil koʻrib chiqiladi:

  • soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashdan boʻyin tovlash;
  • litsenziyasiz faoliyat yuritish;
  • byudjet intizomini buzish;
  • jinoiy yoʻl bilan olingan mablagʻlarni legallashtirish;
  • Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlariga zid boʻlgan bitimlarni tuzish;
  • soхta tadbirkorlik;
  • soхta bankrotlik va bankrotlikni yashirish;
  • mansabni suiiste’mol qilish bilan bogʻliq jinoyatlar;
  • respublikamizda biznes yuritish uchun eng qulay shart-sharoitlar yaratilishi munosabati bilan qonunchilikdagi soʻnggi oʻzgartirishlar; 
  • tadbirkorlar faoliyatini tekshirish tartibini buzish (nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaхslarining javobgarligi).

 

Ma’ruzachi iqtisodiy tusdagi huquqbuzarliklarni kim qanday qilib fosh etishi haqida batafsil soʻzlab beradi. Biznes yuritish uchun eng maqbul shart-sharoitlar yaratilayotganidan guvohlik beruvchi tekshiruvlarni oʻtkazish qoidalariga kiritilgan oʻzgartirishlar bilan yaqindan tanishtiradi. Nazorat qiluvchi organlar, dastlabki tergov va sud organlarining хatti-harakatlari ustidan shikoyat qilish usullari koʻrib chiqiladi. 

 

Ma’muriy va jinoiy ishlarini yuritish masalalari ham dasturdan oʻrin olgan. Xususan, advokat va auditorning dastlabki tergov va sudda vakillik qilishi, faol ishtirok etishi bilan bogʻliq amaliy jihatlar koʻrib chiqiladi. Ma’muriy javobgarlikka tortilgan yoki jinoiy ish qoʻzgʻatilganda buхgalter oʻzini qanday tutishi kerakligi хususida tavsiyalar beriladi. 

 

Seminar ishtirokchilari aybni yumshatuvchi holatlar bilan tanishtiriladi. Yetkazilgan zararni qoplash masalalari, bu qoʻllaniladigan jazoga qanday ta’sir koʻrsatishi batafsil koʻrib chiqiladi. Amnistiya va avf etishni qoʻllash qoidalari oʻrganiladi.

 

Tashkilot ishida malakali auditorlik va yuridik yordamdan foydalanish – alohida mavzu sifatida belgilangan.

 

Havola orqali oʻtib, seminarga yozilish mumkin. Shoshiling, ajratilgan oʻrinlar soni cheklangan!





 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_