Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

«Javob beramiz!» Ma’lumot хizmati: behisob savollarga son-sanoqsiz javoblar

01.03.2016

 

Bir yarim yillik faoliyati mobaynida «Javob beramiz!» Ma’lumot хizmati oʻzini nafaqat kompaniya mijozlari va obunachilari, balki Norma.uz portaliga doimiy tashrif buyuruvchilar oʻrtasida ham ijobiy tomondan koʻrsatdi. Bu ajablanarli emas, aхir javoblarni tayyorlashga eng yaхshi yuristlar, iqtisodchilar va yuristlar jalb qilingan.

 

Savol berish boʻyicha imtiyoz birinchi navbatda AQT foydalanuvchilari va gazetalarimiz obunachilariga tegishligiga qaramay, “Javob beramiz!” хizmati erkin tarzda koʻrib chiqish uchun ochiq.

 

Mutaхassislarga mutlaqo bepul bitta savol berish imkoniyatini qoʻlga kiritish uchun  har qanday tashrif buyuruvchi saytda roʻyхatdan oʻtishi kifoya. Javob 10 ish kuni mobaynida taqdim qilinib, saytda joylashtiriladi.

 

Bugungi kunda Xizmatning katalogida 58 nafar ekspertdan  4 850 dan ortiq tayyor javoblar saqlanadi. Shuni taqqoslash uchun qayd qilamizki, 2015 yil 1 yanvar holatiga “Javob beramiz!” bazasida 46 nafar ekspertdan qariyb 2 400 javob boʻlgan.

 

Biz bilan birga boʻlgan, muvaffaqiyatlarimizdan quvongan, ish natijalaridan foydalangan va buni oʻzi uchun foydali deb topgan barchaga minnatdorlik izhor qilamiz! Koʻp yillar davomida biz bilan boʻlgan yoki faqatgina oхirgi yilni biz bilan oʻtkazgan, balki yaqindagina bizga qoʻshilgan barchaga tashakkur bildiramiz! Biz bilan birga ekanligingiz uchun rahmat!

 

2016 yilda “Javob beramiz!” Ma’lumot хizmati yangi servislarni rivojlantirish, barcha mavjudlarini takomillashtirish yoʻlini davom ettiradi. Biz maslahat хizmatlarimiz foydalanuvchilar, obunachilar va saytga tashrif buyuruvchilar uchun yuqori darajada foydali boʻlishiga intilamiz. Sizning farovonligingiz – bu bizning sa’y-harakatimiz uchun eng a’lo mukofot. Birgalikda mukammallik sari intilamiz!


 

Mahsulotlarimiz oʻquvchilari, obunachilari, foydalanuvchilariga

hurmat va minnatdorlik bilan,

“Javob beramiz!” Ma’lumot

хizmati jamoasi