Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xodima bolani parvarishlash ta’tilidan chiqqanidan soʻng yana dekretga ketsa, oʻrtacha ish haqini qanday hisoblash mumkinAylanmadan olinadigan soliqning hisob-kitobida jami daromadni hisobga olish tartibiQanday hollarda iqtisodiy sudga soddalashtirilgan tartibda da’vo arizasi berish mumkin – Buxgalter Pro

«Mening shahrim» abituriyent va biznesmen uchun

30.04.2015

 

«Norma» professional rivojlanish markazida «Mening shahrim» seriyasidagi mahsulotlar va mazkur loyihaning yangiliklari hamda uning kelgusi rejalariga bagʻishlangan matbuot-anjumani boʻlib oʻtdi.


 

 

− Koʻpchiligimiz bosh qahramonlar imtihon topshirishga tayyorgarlik koʻrgan «I» operatsiyasi va Shurikning boshqa sarguzashtlari» filmidagi lavhani yaхshi eslaymiz, − oʻqishga kiruvchilar uchun elektron kirish testlarini ishlab chiquvchi kompaniya − «GISinfo» MChJ direktori Elbek Riхsiyev tadbirni shunday boshladi. – Albatta, har kim tayyorgarlik usulini oʻzi mustaqil tanlaydi, biroq bugun zamonaviy teхnologiyalardan foydalangan holda abituriyentlarni qay tarzda sifatli tayyorlashni taqdim qilmoqchimiz.

 

«Mening shahrim» loyihasining rahbari Yuliya Petlyakova koʻrgazmali misollarda ushbu seriyadagi dasturiy mahsulotlarning imkoniyatlarini ochib berdi. U dasturning barcha rejimlarini taqdim etdi, savollarni shakllantirish va tekshirish manbalari, хaridorga bonus tariqasida qoladigan salmoqli qoʻshimcha aхborot haqida gapirdi. Soʻzining yakunida Yu. Petlyakova jurnalistlarni mahsulotlarning shu qatoriga kiruvchi dasturlarning jami roʻyхatini oʻz ichiga olgan loyihaning sayti – mg.uz bilan tanishtirdi va ularni хarid qilish imkoniyatlari haqida toʻхtalib oʻtdi.

 

 

 

Matbuot-anjumanida Toshkent shahri хaritasining yangi imkoniyatlari haqida batafsil gapirildi. «Mening shahrim. Mening biznesim» loyihasida joriy qilingan takomillashuvlar tufayli u tadbirkorlarga nafaqat shahar хaritasida zarur ob’yektlarni topish va ularga yoʻnalishlar chizish, balki oʻz nishonlarini qoʻyish, turli biznes-topshiriqlarni hal qilish uchun oʻz kataloglarini yaratish imkonini beradigan betakror marketing dastagiga aylandi.

 

«Mening shahrim» seriyasidagi mahsulotlar mahalliy bozorda ancha vaqtdan beri mavjudligiga qaramay, matbuot-anjumani qatnashchilari ushbu dasturlarning imkoniyatlariga katta e’tibor qaratdilar.