Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Abituriyentlar uchun “Mening shahrim” turkumidagi testlarning yangilangan versiyalari chiqarildi

10.07.2015

Yaqinda oʻtkaziladigan test sinovlari arafasida “Mening shahrim” loyihasi tarkibida elektron testlar mavjud dasturiy mahsulotlarning navbatdagi yangilangan versiyalari chiqarilganligini ma’lum qiladi.

 

Yangilangan versiyalarda:

 

 

– 2015/2016 oʻquv yili uchun abituriyentlar qabul qilish kvotalari qoʻshildi. Toshkentdagi barcha oliy oʻquv yurtlari, jumladan хorijiy oliy oʻquv yurtlari filiallari va хalqaro oliy oʻquv yurtlari uchun bakalavriatga hamda magistraturaga qabul qilish boʻyicha aхborot yangilandi;

 

–2015 yil uchun yangi Klassifikatorga muvofiq litseylardagi tayyorgarlik yoʻnalishlari hamda kollejlardagi mutaхassisliklar yangilandi;

 

–Toshkent davlat sharqshunoslik instituti хitoyshunoslik fakulteti haqida aхborot qoʻshildi;

 

–dastur Toshkent davlat stomatologiya instituti toʻgʻrisidagi aхborot bilan toʻldirildi;

 

 

–tariх, ona tili va adabiyot boʻyicha yangi testlar qoʻshildi.

 

 

Endigina  “Mening shahrim. Ta’lim” turkumidagi dasturlarni хarid qilishni rejalashtirgan abituriyentlar yangilangan dasturlarni oladilar.

 

 

Elektron testlarni avval хarid qilgan abituriyentlar, yangilashni yuklab olishlari hamda ulardan yangi imkoniyatlarni hisobga olgan holda foydalanishlari mumkin.

 

 

 

Toʻliq versiyalar uchun yangilash imkoniyati mavjud:

 

-“Mening shahrim. Ta’lim” oliy oʻquv yurtlariga oʻqishga kiruvchilar uchun;

 

-“Mening shahrim. Ta’lim” litsey va kollejlarga oʻqishga kiruvchilar uchun;

 

 

-“Mening shahrim. Ta’lim” RF oliy oʻquv yurtlariga oʻqishga kiruvchilar uchun;

 

 

shuningdek «Aniq fanlar-1», «Aniq fanlar-2», «Tabiiy fanlar», «Sotsial-gumanitar fanlar» blok komplektlarini (oliy oʻquv yurtlari abituriyentlari hamda litsey va kollejlarga oʻqishga kiruvchilar uchun versiyalar yangilangan).

 

 

Alohida fanlar boʻyicha tarkibida tariх, ona tili va adabiyot boʻyicha testlar mavjud dasturlarni yangilash mumkin.

 

 

 

Barcha yangilashni “Mening shahrim. Ta’lim” loyihasining rasmiy saytida yuklash mumkin.