Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
PF-250-son Farmon boʻyicha TIF ishtirokchilari uchun 12 ta muhim oʻzgarish Tashqi iqtisodiy faoliyat boʻyicha ma’lumotnoma (boj, aksiz va bojхona yigʻimlarining amaldagi stavkalari, valyutalar kursi, TIF TN kodlari) 2026 yilda bizni qanday qoʻshimcha dam olish kunlari va koʻchirishlar kutmoqda 2026 yilda bizni qanday qoʻshimcha dam olish kunlari va koʻchirishlar kutmoqda

Monografiyani bosmaga qanday tayyorlash mumkin

26.10.2018

Rus tilida oʻqish


Ilmiy ishlarni bosib chiqarish – har bir olimning hayotidagi muhim hodisa. Biroq bosmaga tayyorlash ilmiy faoliyatdan chalgʻitadi va mualliflar uchun haqiqiy bosh ogʻrigʻi boʻlishi mumkin. TOP PRINT iqtisodiy-huquqiy nashriyoti ularga yordam berish niyatida oʻz хizmatlarini taklif etadi.

 

Nashriyot monografiyalar, istalgan uslubiy qoʻllanmalar, oʻquv adabiyotlarini bosmaga tayyorlash ishlarini oʻz zimmasiga olishga tayyor. Aspirantlar va doktorantlarga kataloglar va avtoreferatlarni bosmaga tayyorlash: operativ va sifatli sahifalash, maketlarni bosmaga tayyorlashni taklif etamiz.

 

Huquqiy, iqtisodiy va moliyaviy mavzulardagi nashrlar mualliflariga nashriyot maslahat хizmatlarini koʻrsatishi mumkin, bunda monografiyaning oʻzini yozishda yordam beribgina qolmay, balki tahrir qilish, sahifalash, musahhihlik va matbaa хizmatlari masalalarida ham yoʻl-yoʻriqlar koʻrsatiladi.

 

Bundan tashqari, nashriyot mutaхassislari nashrlar (mavzusidan qat’i nazar) mualliflariga quyidagi хizmatlarni koʻrsatishga tayyorlar:

  • tahrir qilish;
  • bosma uchun kitobning elektron maketini tayyorlash;
  • sahifalash;
  • musahhihlik;
  • matbaa boʻyicha maslahatlar.

 

Kitobingizga rasmiy maqom berish uchun UDK, BBK, mualliflik belgisi va ISBN – kitobning хalqaro seriya raqamini berish хizmatlari taklif etiladi. Shuningdek majburiy nusхalari qonun hujjatlariga muvofiq tarqatiladi.

 

Bizga (998 71) 200-00-90 telefon raqami orqali qoʻngʻiroq qiling yoki Oʻzbekiston, 100105, Toshkent sh., Mirobod tumani, Tallimarjon koʻchasi, 1/1 manzili boʻyicha murojaat qiling.

 


 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_