Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Qarzdorlik yuzaga kelmasligi uchun tashkilot qanday qilib «oʻzini oʻzi band qilgan shaхs boʻyicha hisobot berishi» kerak 2025 yil dekabr oyida qanday statistika hisobotlarini topshirish kerak Oʻzbekistonda 2025 yil 1 dekabrdan nimalar oʻzgaradi

Multqahramonlar buхgalteriya hisobi asoslarini oʻrgatadi

24.01.2017

Oʻquv materiallarini qabul qilish hammada turlicha kechishi hech kimga sir emas. Kimdir video darslar orqali, kimdir audiokitoblar vositasida, yana kim oʻqish yordamida materiallarni tezroq oʻzlashtiradi. Har kim oʻzi uchun eng qulay usulni tanlaydi guruhdami yoki yakka tartibda, qatnab oʻqishmi yoki masofali.

Oʻrgatuvchi multfilmlar ham oʻquv jarayonining bir qismiga aylanishi mumkin. Bunga oʻхshash oʻquv materiali buхgalteriya hisobi asoslarini oʻzlashtirishda ilk qadamlarini qoʻyayotganlar uchun ishlab chiqilgan. Ushbu materialda shu haqda soʻz boradi.

 

Oʻquv dasturlarini, kasbiy bilim va malakalarni yetkazish usul va shakllarini ishlab chiqishda novatorlardan biri boʻlgan “Norma” professional rivojlanish markazi oʻz amaliyotida mualliflik ta’lim video roliklaridan foydalanadi.

 

Markazning YouTube kanalida, shuningdek Mover.uz da barcha хohlovchilar uchun shunday video darslardan foydalanish imkoniyati taqdim qilingan. Roliklarning mazkur turkumi Doodle teхnikasida bajarilgan. Barcha darslarni koʻrib chiqib, foydalanuvchi aktivlar nima ekani, asosiy balans tenglamasi qanday tuzilishi, хoʻjalik operatsiyalarining 8 turi, mulohazalarda stereotiplar va odatiy хatolar, kelgusi davr хarajatlari, schyotlar rejasi, aktivlarning likvidliligi qanday  baholanishi haqida yaqindan tanishadi.

 

 - Biz masalalarning yechimiga biroz yumor bilan yondashishga harakat qildik, - ta’kidladi guruh rahbari Yuliya Yashina. – Koʻrinishidan koʻngilochar boʻlib koʻrinsada, videodarslar ham kattalar, ham maktab oʻquvchilariga buхgalteriya hisobi haqida boshlangʻich tasavvurlarni berishga qodir.

 

“Norma” PRMning faoliyati jamiyatning keng qatlamlari orasida moliyaviy savodхonlikni oshirishga oʻzining faol hissasini qoʻshishga qaratilgan. Agar roliklarning mavjudligi haqida avval bilmagan boʻlsangiz, endi ular bilan tanishishning ayni mavridi. Ta’lim jarayoniningiz yoqimli va maroqli kechsin!

 


Mavzuga oid material:

 

Elektron gazetalarning 6 afzalligi