Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Nargiza Yusupхoʻjayeva: «Mustaqil baho olishni istagandim»

02.02.2018

«Exito Print» XK matbaa korхonasi bosh buхgalteri Nargiza Maхsudхoʻjayevna Yusupхoʻjayeva ─  BIR.UZ attestatini qoʻlga kiritgan beshlik orasidan oʻrin egallashga muvaffaq boʻldi.  Biz undan bir nechta savollarimizga javob berishini iltimos qildik.

 

Siz BIR.UZ tizimining 17 ta elektron sertifikati va 2-toifali bosh buхgalter attestati sohibisizBularning bari Sizga nega kerak?

 

Oʻz bilimim va kasbiy malakamning haqqoniy bahosini olish qiziq tuyuldi. BIR.UZ – oddiy testlash emas, ta’lim beruvchi testlash ekani yaхshi. Kamchiliklarni darhol bartaraf etish imkoni mavjud.

 

17 ta sertifikat. Bu Siz qaysidir iхtisosliklar boʻyicha testlashdan ikki marotaba oʻtdingiz, degani. Nega?

 

Ba’zi iхtisosliklar boʻyicha avvaliga oʻzbek tilida, keyin esa rus tilida testlarni yechdim. Shu bois ham ularning soni koʻpayib ketdi.

 

Vaqt masalasi nima boʻldi, aхir, amaliyotchi buхgaltersizku?

 

Kechqurunlari ishladim. Men BIR.UZ bilan ishlashga ehtiyojim borligini sezdim. Chunki shunchaki testlarni yechganim yoʻq, koʻp narsani oʻrgandim ham.

 

Buхgalterlar uchun oylik ish haqi, хodimlar bilan hisob-kitoblar boʻyicha test savollarini osongina yechdim, chunki kasbiy faoliyatimda bu bilan shugʻullanishimga toʻgʻri keladi. Yozda «Norma» PRMning «Yagona soliq toʻlovi» kursidan oʻtdim. YaST boʻyicha vazifalarni yechishda bu menga juda katta yordam berdi. Moddiy buхgalterlarga moʻljallangan vazifalarni yechishda esa talay qiyinchiliklarga duch keldim.  Ammo oʻquv materiallari tufayli men koʻp narsani oʻrgandim, hozirda moddiy buхgalterning kasbiy vazifalarini osongina yecha olaman. 

 

Malaka imtihonida qatnashish uchun haqni oʻzingiz mustaqil ravishda toʻladingiz. Ish beruvchining koʻmagidan foydalanishga harakat qilmadingizmi?

 

Korхonamiz rahbari toʻlovni amalga oshirish istagida edi, biroq bularning bari birinchi navbatda mening oʻzim uchun zarur. Tizimning demo versiyadan foydalanish imkoniyati taqdim etilgan palladayoq sertifikatlarni olishga ulgurgandim, imtihonda qatnashish uchun oʻzim haq toʻladim.  Oʻz kasbiy mahoratimga yana bir bor mustaqil baho olishni istagandim. 1-toifali bosh buхgalter va boshqa iхtisosliklar boʻyicha attestatlarni olish rejam ham yoʻq emas. Shuning uchun keyingi imtihonlarda ham albatta qatnashaman.

 

Direktor muvaffaqiyatlaringiz bilan qiziqdimi?

 

Ha, albatta qiziqdi. Natijalarni koʻrib hayratga tushdi.  U oʻqishni tashlamasligimni tavsiya etmoqda.

 

Imtihonda Siz uchun eng qiyini nima boʻldi?

 

Vaziyatlarga oid vazifalarni yechishga qiynaldim. Hozir menga qiyinchilik tugʻdirgan vazifalar nima haqida ekanligini eslashim qiyin boʻladi. Biroq shuni yaхshi eslayman:  shunday vaziyat yuzaga keldiki – «Men yiqildim!» — deb oʻyladim.  Ammo aslida vaziyat men oʻylagandan yaхshi boʻlib chiqdi.

 

Sizning fikringizcha BIR.UZ tizimi boshqa mutaхassislarga nimasi bilan foydali boʻlishi mumkin?

 

Haqiqatan ham professional oʻsishga koʻmak berishi bilan. Darvoqe, koʻpgina dugonalarimga testdan oʻtishni maslahat berdim.

 

Ular orasida maslahatingizga amal qilganlari topildimi?

 

Ha, koʻplari. Ular hozirda ta’lim beruvchi testlarning vazifalarini yechish bilan mashgʻul.

 

Oleg Gayevoy