Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xodimning daromadi imtiyozdan kam boʻlsa, JShDS qanday hisoblanadi Soliq hisobi siyosati: qanday qilib tez tasdiqlash va 2026 yilda jarima olmaslik mumkin Chet elliklar uchun ikki tomonlama soliqqa tortish: ortiqcha toʻlamaslik va JShDSni qaytarib olish

«NORMA» AQT boʻlsa, IFUTga oʻtish murakkab emas

10.01.2017

2017 yilning 1 yanvaridan kichik tadbirkorlik sub’yektlari хodimlarining cheklangan soni yangitdan joriy etilayotgan Tasniflagich vositasida aniqlanadi (24.08.2016 yildagi 275-son VMQga 1-ilova). Bunda XXTUT kodlari oʻrniga iqtisodiy faoliyat turlari Tasniflagichi kodlari — IFUT qoʻllaniladi.

«Norma. Qonunchilik» AQTda eski va yangi tasniflagichlarni taqqoslash yoʻli bilan ekspertlarimiz tomonidan  tuzilgan Transformatsion jadval keltirilgan.

 

Mazkur jadval yordamida XXTUT va IFUT kodlari orasidagi oʻzaro bogʻliqlikni osongina koʻrish mumkin, shuningdek, IFUT kodiga muvofiq keladigan kichik tadbirkorlikka mansub tashkilotlar хodimlarining cheklangan sonini aniqlash mumkin.

 

Buning uchun jadvalning chap tomonida joylashgan oʻzingizni qiziqtirgan XXTUT kodini topishingiz lozim, undan oʻngroqda unga muvofiq keladigan IFUT boʻyicha faoliyat kodlari va хodimlarning cheklangan soni koʻrsatilgan.

 

IFUT boʻyicha kodlarni aniqlash uslubiyoti ilgari mavjud boʻlganidan katta farq qiladi. Bitta XXTUT kodiga bir nechta IFUT kodlari muvofiq kelishi mumkin va aksincha.

 

Yangi tasniflagich boʻyicha хodimlarning cheklangan sonini aniqlash uchun tashkilotning IFUT boʻyicha asosiy faoliyat turini ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning ustunligidan kelib chiqqan holda toʻgʻri aniqlash zarur.

 

IFUT boʻyicha faoliyat kodini aniqlash uslubiyoti bilan batafsil “Soliq va bojхona хabarlari” gazetasidagi maqolada, shuningdek, “Norma” professional rivojlanish markazining 2017 yil yanvar va fevral oylarida oʻtkaziladigan seminarlarida tanishishingiz mumkin. Seminarlarga bu yerda yozilish mumkin.