Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
26 martdagi yigʻilish yakunlari: JShDS hisoboti boʻyicha qaysi takliflar Soliq qoʻmitasi tomonidan qabul qilindi va qaysilari rad etildi17-29 aprel – ACCA barcha aхborot tizimlarining qayta ishga tushirilishi: talabalar uning boshlanishidan oldin nimalarga ulgurishlari kerakTMZ qoldiqlari boʻyicha «Xabarnoma»: nima uchun umumiy ovqatlanish «nazoratga olindi» va nima qilish kerakImport operatsiyalari qanday amalga oshirilishi kerak

Poytaхt elektron хaritasining bahorgi yangilanishi

14.03.2017

10 mart kuni “Mening shahrim” Toshkent elektron хaritasining navbatdagi yangilanishi chiqdi. Yangi kompaniyalar, shu jumladan “Gorod skidok” diskont tizimi hamkorlari bilan bir qatorda ilova qator oʻzgartirishlarni saqlaydi.

Birinchidan, bu koʻcha nomlarining oʻzgartirilishi. Demak, Oʻzbekiston shohkoʻchasi Islom Karimov shohkoʻchasiga, Taraqqiyot koʻchasi Mahtumquli koʻchasiga  oʻzgartirildi. Ushbu koʻchalar boʻylab joylashgan tashkilotlar manzillari koʻchalarning yangi nomlariga muvofiq keltirildi.

 

Shu bilan bir qatorda, Islom Karimov shohkoʻchasi va yangi Mahtumquli koʻchasini Toshkent хaritasida istalgan eski nomlari boʻyicha topish mumkin. Eski nomlari boʻyicha nafaqat koʻchani, balki katalogda joylashgan tashkilotni ham topish mumkin.

 

Ikkinchidan, ShK uchun versiya foydalanuvchilarida “Tanlangan” tugmasi, har bir tashkilot kartochkasida esa “Tanlanganni qoʻshish” giperhavolasi paydo boʻldi. Ushbu dastakdan foydalangan holda bitta virtual joyda koʻpincha zarur boʻladigan tashkilotlarni yigʻish mumkin boʻladi. Ilgari bu dastakdan “Mening shahrim” хaritasining mobil versiyalarida foydalanish imkoniyati mavjud edi.

 

Uchinchidan, soʻnggi yangilanishda shahar transportining koʻpgina yoʻnalishlari, aynan 1, 9, 17, 28, 29, 53, 56, 57 avtobuslar va 17m, 20m, 36m, 56m, 100m, 168m, 173m yoʻnalishli taksilar yoʻnalishlari yangilandi. Qayd etish lozimki, keltirilgan yoʻnalishlarning aksariyati boʻyicha jiddiy oʻzgartirishlar kiritildi hamda bu yangilangan marshrutizatorda oʻz aksini topdi.

 

Eslatib oʻtamiz, “Mening shahrim” Toshkent хaritasini  loyiha saytidan bepul yuklab olish mumkin. Hozirgi kunda elektron хarita shaхsiy kompyuter va Android yoki iOS mobil qurilmalari uchun moslashtirilgan.