Yangi Soliq kodeksi qabul qilinishi bilan, 2019 yil 1 yanvardan oboroti 1 mlrd soʻmdan koʻp boʻlgan barcha korxonalar tomonidan QQS toʻlanishi kutilmoqda. Kelajakni oʻylab ish tutadigan tadbirkorlar hozirdanoq xodimlarini rejalashtirilayotgan oʻzgarishlarga tayyorlash ishlarini boshlab yuborishgan. Bunda mutaxassislar uchun maxsus oʻquv kurslari tashkil qilish orqali «Norma» professional rivojlanish markazi oʻz hissasini qoʻshmoqda.
QQSni hisoblash murakkab boʻlgan soliqlardan sanaladi. Uning joriy qilinishi nafaqat bosh buxgalterlar, shu bilan birga moliyaviy-iqtisodiy xizmatlar xodimlari, soliq solish masalalari boʻyicha mutaxassislar, rahbarlar va tadbirkorlarning kasbiy faoliyatiga daxl qiladi. Shu bois moliya borasida qarorlar qabul qiluvchi korxona xodimlarini yangiliklarga tayyorlash muhim hisoblanadi.
– Bugunga qadar QQSni amalda hisoblab chiqarishga duch kelgan amaliyotchi buxgalterlar kam, aynan shu holat kelgusida ularga murakkabliklar tugʻdirishi mumkin, – deydi Marina Igamberdiyeva. – Sentyabr oyida «Norma» PRMda kursni tingladim va bu unchalik murakkab emasligini angladim. Albatta boshlanishida biroz qiyinchiliklar boʻladi, lekin hammasi izga tushib ketadi. Birinchi bosqichda xatoga yoʻl qoʻymaslik uchun bilimlarni mustahkamlab olish lozim.
Mijozlarning soʻroviga koʻra «Norma» PRM oktyabr oyida yana ikkita uch kunlik «QQS: nimalarga e’tibor qaratish kerak» kursini tashkil qiladi. Barcha xohlovchilar kursga yozilishi mumkin.
Tinglovchilar uchun qulaylik yaratish maqsadida mashgʻulotlar turli vaqtlarda boshlanadi. Kursga tushlikdan keyin kelishi qulay boʻlganlar uchun oʻquv mashgʻuloti 2018 yil 23 oktyabrda boshlanadi. Ertalabki mashgʻulotlarni afzal koʻradiganlar esa 29 oktyabrdan 31 oktyabrgacha boʻlgan davrda kursga yozilishlari maqsadga muvofiq boʻladi.
Kurslarni SAR/CIPA xalqaro sertifikatlari va DipIFR diplomi sohibi, soliq va buxgalteriya qonunchiligi masalalari boʻyicha maslahatchi Igor Aipkin oʻtkazadi. U quyidagilar haqida batafsil soʻzlab beradi:
- soliq toʻlovchilar va soliq solish ob’yektlari;
- hisobvaraq-fakturalarni hisobga olish va rasmiylashtirish tartibi;
- ayrim holatlarda QQSni hisoblashning oʻziga xos xususiyatlari;
- hisobga olinadigan QQS summasi;
- eksport va importda QQS;
- soliqni hisoblash, hisob-kitoblarni taqdim etish va soliqni toʻlash tartibi;
- hisobot davrida hisoblangan soliq summasi hisobga olinadigan soliq summasidan ortiq boʻlgan holatlarda byudjet bilan oʻzaro munosabatlar;
- QQS summasini qaytarish tartibi.
Havola boʻyicha oʻtib, kerakli kursni tanlagan holda kursga yozilish mumkin.



