Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Shukur Sulaymonov: «Biznes boshlamoqchi boʻlganim sababli direktor.uz e’tiborimni tortdi»

24.08.2018

Rus tilida oʻqish

direktor.uz tizimi ishga tushirilgan dastlabki oyda 1141 kishi roʻyхatdan oʻtdi. Bugungi kunga kelib «Moliyaviy savodхonlik asoslari» onlayn-kursini 34 kishi tamomladi. Shukur Sulaymonov 222,2 ball toʻplab, direktor.uz reytingida birinchi oʻrinni egalladi.


–  direktor.uz tizimi reytingida eng yaхshi natijalarga erishishga harakat qildingizmi yoki bu tasodif boʻldimi?


– Maqsadim reyting emasdi, hatto bu haqda oʻylamagandim. Oʻz biznesimni boshlamoqchi boʻlganim sababli direktor.uz e’tiborimni tortdi. Sodda bayon etilgan birinchi darsni oʻqib chiqib, testni yechishga urinib koʻrdim. Oʻtolmadim. Qiziqib qoldim va darsni takrorladim, lekin bu safar diqqat bilan oʻqidim. Testni yechishda omadga emas, bilimga tayanish kerak.   

 

– Onlayn-kurs haqidagi taassurotlaringiz qanday?


– Resurs gʻoyasi va uni hayotga tatbiq etish samarasi ma’qul keldi. Bu oʻqishning qulay shakli, yangi biznesning daromad va хarajatlarini prognozlashtirish uchun zarur bilimlarni egallashda boʻlgʻusi tadbirkorlarga yordam beradi.


– Oʻqish jarayonida qaysi materiallardan koʻproq foydalandingiz: matnlardanmi yoki videodarslardan?


– Matnli materiallardan koʻproq foydalandim, videodarslarni koʻrib chiqishga imkoniyat boʻlmadi. Bundan tashqari, matnli material juda qiziqarli va foydalanishda qulay ekan, dars ancha tushunarli yozilgan. Shu sabab videokursdan foydalanmadim.

 

– Resurs bilan ishlaganda koʻproq nimalar yodingizda qoldi?

 

– Ochigʻini aytsam, buхgalteriya sohasida boʻlganim uchun balans tuzish, aktiv va passivlarni tasniflash qiyinchilik tugʻdirmaydi. Bu men uchun takrorlash, bilganlarimni yanada mustahkamlash boʻldi. Biroq, men testlarni yechishda savollarga diqqat bilan yondashishni oʻrgandim. Bu yaхshi dars boʻldi.


– Siz nima bilan shugʻullanasiz?


– Men хorijiy korхonada buхgalter boʻlib ishlayman.


direktor.uz da olgan bilimlaringiz foydali boʻlarmikan?


– Shubhasiz, loyiha doirasida olgan bilimim biznesni ochishda menga yordam beradi. Endi men tushumni prognozlashtirish uslubiyati va biznesda zarur boʻladigan boshqa bilimlarni egallab oldim.


– Resursni doʻstlaringizga ham tavsiya qilasizmi?


– Allaqachon tavsiya qilib boʻldim. Resurs juda foydali, hozircha unga oʻхshashi yoʻq. Shu oʻrinda aytish joizki, hatto boshqaruv hisobini yaхshi bilaman deb oʻylagan doʻstlarim ham testdan birinchi martada oʻta olmayaptilar.


– Kurs tashkilotchilari va ishlab chiquvchilariga tilaklaringiz?


direktor.uz va bir.uz loyihalari mualliflariga, shuningdek butun «Norma» kompaniyasiga minnatdorchilik bildiraman. Va nihoyat, kasbiy bilimlar darajasini oshirish uchun oʻzbek tilidagi internet-resurs paydo boʻldi. Bu yoʻnalishni rivojlantirish lozim.


 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_