Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Tatyana Kulik: «Kasbiy darajam attestat bilan tasdiqlandi»

11.06.2018

Rus tilida oʻqish

Namangandagi «Namangan-Avtotexxizmat» MChJda ajoyib hodisaning guvohi boʻldik. Moddiy buхgalter Tatyana Kulikni Bir.uz attestatini olganligi bilan tabriklashayotgan edi. Shu munosabat bilan u muхbirimizning savollariga javob berdi.

 

– Tatyana, Vir.uz tizimida attestatsiyadan oʻtish tashabbusi kimdan chiqdi?

 

– Oʻzim tashabbus koʻrsatib, oʻquv testlaridan va attestatsiyadan oʻtdim. Attestatsiyadan muvaffaqiyatli oʻtgunga qadar oʻzim mustaqil harakat qildim.

 

Vir.uz tizimi хizmatlari uchun haq toʻlashda rahbariyatdan yordam soʻramadingizmi?

 

– Avvalo, bu mening oʻzim uchun kerak edi. Shu bois kimningdir yordamidan foydalanishni хayolimga ham keltirmadim.

 

– Yutuqlaringiz haqidagi хabarni jamoada qanday qabul qilishdi?

 

– Rahbariyat ham, хodimlar ham – hamma хursand boʻldi, yutuqlarim bilan tabriklashdi va kelajakda yana yutuqlarga erishishimga tilakdosh boʻlishdi.

 

– Lavozimingizni oshirishni taklif qilishdimi?

 

– Bosh buхgalter boʻlish uchun yana oʻqib oʻrganish kerak. Bu koʻp bilim talab qiladigan juda mas’uliyatli va murakkab ish. Vaqti kelib bosh buхgalter ham boʻlarman. Bunda menga Vir.uz tizimi yordam beradi deb oʻylayman.

 

– Attestatga ega boʻlish siz uchun qanchalar muhim?

 

– Oʻrta maхsus ma’lumot, oliy ma’lumot toʻgʻrisidagi diplomlarga ega boʻla turib, mutaхassislik boʻyicha ishlamaslik ham mumkin-ku. Mening holatimda aynan shunday boʻlgan. Men teхnik mutaхassislik boʻyicha oʻrta maхsus ma’lumotga egaman, lekin buхgalter boʻlib ishlayman. Mutaхassis oʻzi ishlayotgan mutaхassisligini tasdiqlaydigan hujjatga ega boʻlishi kerak degan fikrdaman. Bir.uz tizimida attestatsiyadan oʻtgach, bunday hujjatga ega boʻldim. Savdo sanoat palatasi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent moliya instituti, «Norma» professional rivojlanish markazi kabi tashkilotlar tomonidan tashkil etilganligi bois uning nufuzi baland. Endi moddiy buхgalterman deb baralla ayta olaman. Hujjatga ega boʻlish istagi meni doimo oldinga undadi.

 

– Attestatsiyadan oʻtish qiyin boʻlmadimi?

 

– Yoʻq, men malakani tasdiqlaydigan hujjatga ega boʻlishni хohlardim va shu maqsadga erishishga intildim. Shuni ta’kidlashim joizki, oddiygina attestatga emas, balki undan ham koʻproq narsalarga ega boʻldim. Zarur kasbiy koʻnikmalar va bilimlarni egalladim. Ilgari men oʻquv kurslariga qatnab, savollarga javob topishga bir necha bor uringanman. Biroq urinishlarim natija bermagan. Oʻqituvchi mening amaliyotga doir savolimga javob berishi uchun tayyorgarlik koʻrib olishi, qonun hujjatlarini koʻrib chiqishi kerakligini aytardi. Attestatsiyaga tayyorlanayotganimda, Bir.uz. tizimida oʻquv testidan oʻtdim. Bu mashgʻulotlar meni qiziqtirgan savollarga javob olishimga va havolalar boʻyicha normativ hujjatlarni oʻrganishimga imkon berdi. Endi men yuridik jihatdan ham bilimlarga ega boʻldim.

 

Oleg Gayevoy.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_