Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oʻzbekiston qonunchiligidan erkin onlayn foydalanish imkoniyati

24.11.2016

Bizda ajoyib yangilik bor! Ilgari yozganimizdek,  NRM.UZ loyihasi doirasida barcha saytga tashrif buyuruvchilar  toʻlovsiz va roʻyхatdan oʻtmasdan foydalanishlari mumkin boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlarining toʻliq bazasini taqdim etamiz! 70 000 dan ortiq hujjatlarni ikki tilda topishingiz mumkin! Bularning barchasi on-line rejimida! Internetga ulangan har qanday qurilmadan foydalanishingiz mumkin!

 

NRM.UZ saytining bosh sahifasidagi «OʻzR Qonunchiligi» boʻlimiga kirsangiz, amal qilish sohalari boʻyicha turkumlangan normativ hujjatlar katalogini koʻrasiz.

 

Katalogimizdan foydalanishni istamaysizmi? Izlash tizimi hujjatning nomlanishi va uning matnidagi kalit soʻzlardan foydalangan holda hujjatni topishga yordam beradi.

 

Agar hujjatning raqami yoki uning qabul qilinish sanasini bilsangiz, kengaytirilgan izlash eng aniq natijalarni koʻrsatadi.

 

 

Qonun hujjatlari har haftada yangilanadi, shu bois ma’lumotlarning dolzarbligi haqida qaygʻurmasangiz ham boʻladi.

 

Bundan tashqari, Norma.uz portalida joylashtirilgan qabul qilingan barcha normativ hujjatlarning hamma sharhlari va ekspertlarning maqolalarida NRM.UZ sayti bazasidagi muayyan hujjatlarga faol havolalar berib boriladi. Shu tariqa siz hujjatni yuklab olmasdan havola etilayotgan normani bemalol toʻliq koʻrib chiqishingiz mumkin boʻladi!

 

NRM.UZ sayti TAS-IX zonasida joylashgan, shu bois oʻzbekistonlik foydalanuvchilar uchun bizning resursda foydalanilgan trafik tariflanmaydi!

 

E’tibor bering, erkin foydalanish uchun taqdim qilingan qonun hujjatlari bazasi normativ-huquqiy hujjatlarning rasmiy manbalarda berilgan dastlabki (asos qilib olingan) matnlariga ham ega.

 

Qonunchilikning toʻliq bazasi bilan kengaytirilgan funksional, mualliflik tarjimalari, sharhlar, ham normativ hujjatlar ichida, ham ular orasidagi kesishma havolalar bilan tanishishni istaysizmi? OʻzR Qonunchiligi mahsulotining bepul namoyish talqinidan foydalanib koʻring yoki 1 kunlik foydalanish huquqini atigi 6 247 soʻmga sotib oling!

 

 

 

E’tibor bering! Sotib olingan mahsulotdan foydalanish uchun uni faollashtirish lozim. Buni sayt bosh sahifasidagi yoki shaхsiy kabinetning buyurtmalar tariхidagi tegishli tugmani bosib amalga oshirish mumkin.


Mavzuga oid material:

 

Norma kompaniyasi mahsulotlari onlayn qobiqda