Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Korxonadagi naqd pullar: kassa limitini bank bilan kelishish kerakmi Xodimlarga beriladigan qarzlar: shartnomalarni soliq organlarida roʻyxatdan oʻtkazish kerakmi MHMSga oʻtish boʻyicha chek-varaq: 2027 yilgacha nimalar qilish kerak
Barcha yangiliklar Kompaniya yangiliklari Ommabop maqolalar
Barcha yangiliklar
15.01.25

Yerlar toifasi qanday oʻzgartiriladi

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan bir qator normativ-huquqiy hujjatlarga qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer resurslaridan samarali foydalanishga qaratilgan oʻzgartirishlar kiritildi.

15.01.25

Yer uchastkalarini ijaraga berish tartibi takomillashtirildi

Qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallangan yer uchastkasi boshqa shaxsga faqat toʻliq hajmda ijaraga berilishi mumkin.

14.01.25

Hududlarda kichik otellar qurilishiga subsidiyalar ajratiladi

Tuman (shahar)larda kichik otellarni qurish va jihozlashga sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplash uchun Davlat byudjetidan bir martalik subsidiya ajratiladi.

14.01.25

Oʻgʻitlar xavfsizligiga doir talablar oʻzgardi

Organik va organik-mineral oʻgʻitlar xavfsizligi toʻgʻrisida texnik reglament yangilandi. U 2025 yil 1 maydan kuchga kiradi.

14.01.25

Elektron mehnat shartnomalarini qanday roʻyxatdan oʻtkazish kerak

Endilikda, ish beruvchilar elektron mehnat shartnomalarini “YaMMT” IDAKda roʻyxatdan oʻtkazishlari kerak.

13.01.25

Bolalar bogʻchalarida autsorsing orqali sogʻlom ovqatlanish tashkil etiladi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzurida Ta’lim sohasida ovqatlanishni tashkil etish va nazorat qilish markazi tashkil etiladi. U autsorser tomonidan tayyorlangan oziq-ovqat mahsulotlarining sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena standartlariga muvofiqligini nazorat qiladi.

13.01.25

BYuDlarni toʻldirish qoidalari oʻzgarmoqda

Shuningdek yangilangan Bojxona postlari tasniflagichi tasdiqlanmoqda

13.01.25

Xavfli mahsulotlar va kimyoviy moddalar importi ustidan nazorat kuchaytiriladi

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan import-eksport qilinishi davlat tomonidan tartibga solinadigan va majburiy ekologik sertifikatlashtirish lozim boʻlgan xavfli mahsulotlar va chiqindilar Roʻyxati tasdiqlandi.

10.01.25 NHH loyihalari
10.01.25

2025 yil uchun Davlat dasturi qanday amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda

2025 yil uchun davlat dasturi toʻgʻrisidagi Prezident Farmoni loyihasi "Taraqqiyot strategiyasi" markazi tomonidan ishlab chiqilgan va maxsus saytda jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirilgan.

10.01.25

2025 yilda Norma tizimlari foydalanuvchilari uchun bonus dasturi

Koʻp yillik an’anaga koʻra, Norma kompaniyasi onlayn va oʻrnatiladigan dasturiy mahsulotlar foydalanuvchilariga turli bonuslar taqdim etadi.

10.01.25

2025 yilda foydalanilgan yer usti va yer osti suvlarining nisbati ma’lum boʻldi

2025 yil uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblash uchun yer usti va yer osti suvlarining yakuniy foiz nisbati ma’lum boʻldi.

09.01.25

Qishloq xoʻjaligi vazirligi yerlardan oqilona foydalanishni monitoring qiladi

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan oqilona foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlandi.

09.01.25

Turistik klaster maqomini qanday olish mumkin

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan turistik klasterlar faoliyatini tashkil etish tartibini belgilovchi nizom tasdiqlandi.

09.01.25

Sayyor tekshiruv oʻtkazishda soliq organlarining huquqlari kengaytirildi

Hukumatning ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

07.01.25

Tergovga qadar tekshiruv davomida kripto-aktivlar qanday olib qoʻyiladi

Olib qoʻyilgan aktivlar surishtiruv va tergov organlarining hamyonlarida saqlanadi.

07.01.25

Islom taraqqiyot banki tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlaydi

Islom taraqqiyot banki "Kichik va oʻrta korxonalarning iqtisodiy barqarorligini mustahkamlash" loyihasiga 30 mln dollar ajratmoqda.

07.01.25

Davlat organlarining ochiqlik faoliyati tekshiriladi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi davlat organlari va tashkilotlarining ochiqligini masofadan turib monitoring qiladi.

07.01.25

Attraksionlar xavfsizligini qanday ta’minlaydilar

Bundan buyon ulardan Attraksionlar xavfsizligi toʻgʻrisidagi Texnik reglament talablariga muvofiq boʻlgan taqdirdagina foydalaniladi.

06.01.25

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining vazifalari belgilandi

Ular orasida_ magistrlarni "Biznes-boshqaruv" (MBA) va iqtisodiyotning boshqa talab yuqori yoʻnalishlari boʻyicha tayyorlash, shuningdek oliy oʻquv yurtidan keyingi ta’lim bor.

06.01.25

Kasbiy ta’lim tashkilotlari oʻquvchilarining amaliyot oʻtash tartibi oʻzgartirildi

Ishlab chiqarish va diplom oldi amaliyotlari oʻrniga ishlab chiqarish amaliyotining yagona tizimi joriy etilmoqda.

06.01.25

Eksportni qoʻllab-quvvatlash choralari JST talablariga muvofiqlashtiriladi

Xususan, eksport qiluvchi tashkilotlarning avtomobil, havo va temir yoʻl transportida tashish xarajatlarini qoplash bekor qilinadi.

04.01.25

"Kambagʻallikdan farovonlik sari" dasturida ishtirok etadigan nuroniylar qanday ragʻbatlantiriladi

Mahallalarda sogʻlom turmush tarzini va ijtimoiy-ma’naviy muhitni shakllantirish uchun dastur doirasida uch nafar faxriy besh nafar kambagʻal oilaga biriktiriladi.

04.01.25

Oʻzbekiston rivojlanishining strategik tahlili doimiy asosda oʻtkaziladi

Tahliliy va tadqiqot tuzilmalari faoliyatini tashkil etish boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil etildi.

04.01.25

Davlat sirlariga nimalar kiradi

"Davlat sirlari toʻgʻrisida" qabul qilingan Qonun bilan oshkor qilinishi Oʻzbekiston xavfsizligiga zarar yetkazadigan davlat ahamiyatiga molik sir va (yoki) xizmat sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar belgilandi.

04.01.25

Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish imkoniyatlari kengaymoqda

Dalalar chetlaridan samarali foydalanayotgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlash uchun ichki fitosanitar sertifikati bepul beriladi.

04.01.25

Tadbirkorlarga tashqi moliya bozorlariga chiqishga koʻmaklashish markazi tashkil etildi

Prezident Farmoni bilan tadbirkorlar uchun teng sharoitlar va adolatli raqobat muhitini ta’minlash boʻyicha navbatdagi chora-tadbirlar tasdiqlandi.

Kompaniya yangiliklari
Ommabop maqolalar

Tad­bir­kor­lik sub’­yek­tla­ri­ning huquqiy himo­yasi ku­chay­ti­ril­moqda

Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.

Pen­si­yalar­ni tay­in­lash boʻyicha ix­cham boshqaruv ti­zi­mi jo­riy etil­moqda

Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.

Ban­krot­lik ja­ra­yoni­da tad­bir­kor­lar­ga max­sus hisob­va­raqlar ochi­la­di

MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.

Yan­gi­lan­gan oʻzbek alif­bo­si tas­diqlan­di

Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.

Xu­su­siy tad­bir­kor­lar­ning ka­me­ra­la­ri xav­fsiz­lik ka­ma­ri taqil­ma­gan­li­gi­ni qayd eta­di

Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.

Tek­shi­ruv­lar oʻrni­ga yongʻin audi­ti: sav­do mar­kaz­la­ri va bo­zor­lar yongʻin­dan sugʻur­ta­la­na­di

Yongʻin auditining ijobiy xulosasi ob’yektni bir yil davomida FVVning rejali tekshiruvlaridan ozod qiladi. Bozorlar, savdo va savdo-koʻngilochar markazlari yongʻindan sugʻurtalanishi shart boʻladi, yongʻin tufayli yetkazilgan zarar uchun aybdor shaxs BHMning 3000 baravarigacha tovon toʻlashi mumkin.

Ta’­lim va ilm-fan va­zir­li­gi fa­oliyati­ning aso­siy yoʻna­lish­la­ri bel­gi­lan­di

Vazirlik uzluksiz ta’limning barcha bosqichlarini muvofiqlashtiradi, ilm-fan va oliy ta’lim integratsiyasini rivojlantiradi, shuningdek, ta’lim sifatini baholashning raqamli vositalarini joriy etadi. Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun yangi tuzilmalar tashkil etilishi nazarda tutilgan.

Ehti­yoj­mand oila­lar­ga 1 mil­li­on soʻmdan toʻlab be­ri­la­di

2026 yil noyabr oyida ayrim ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam toʻlab beriladi. Yoqilgʻi-energetika resurslari boʻyicha kompensatsiya olish uchun daromad chegarasi jon boshiga minimal iste’mol xarajatlarining 2 barobarigacha oshirildi.

1 no­yab­rdan ni­ma­lar oʻzga­ra­di

Norma.uz portali 2026 yil 1 noyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.

OTM va star­tap­lar Raqam­li tex­no­lo­gi­yalar va­zir­li­gi­ning sun’­iy in­tel­lekt in­fra­tu­zil­ma­si­dan foy­da­la­na­di

Oliy ta’lim, ilmiy tashkilotlar, startaplar va hokim maslahatchilari sun’iy intellekt sohasidagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalari uchun Raqamli texnologiyalar vazirligining hisoblash quvvatlari va «katta ma’lumotlar» bazalaridan bepul yoki imtiyozli ravishda foydalanishi mumkin boʻladi.