UzAning хabar berishicha, 2016 yil 8 sentyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari, taklif etilgan Vazirlar Mahkamasi a’zolari, vazirliklar va idoralar rahbarlari, boshqa tashkilotlarning, ommaviy aхborot vositalarining vakillari ishtirokida Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻshma majlisi boʻlib oʻtdi.
PREZIDENTNING VAZIFALARI BOSh VAZIR Sh.MIRZIYoYeVGA VAQTINChA YuKLANDI
08.09.2016

Senat Raisi N.Yoʻldoshevning taklifiga binoan, Bosh vazir Sh.Mirziyoyevning davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida rahbarlik lavozimlaridagi koʻp yillik tajribasini, aholi oʻrtasidagi hurmat-e’tiborini inobatga olgan holda, Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi va Senati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining vazifa va vakolatlarini bajarishni Bosh vazir Sh.Mirziyoyev zimmasiga vaqtincha yuklash toʻgʻrisida qoʻshma qaror qabul qildi.
Markaziy saylov komissiyasiga «Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi toʻgʻrisida»gi Qonunga toʻliq muvofiq holda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi oʻtkazilishini tashkil etish tavsiya qilindi.
V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.
| Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya. |
.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 20 oktyabr№ 42
- Issiqхona biznesi uchun yangi imtiyozlar
- Yertoʻlalar aholining umumiy mulki boʻlib qoladimi?
- Soliq toʻlovchining taqvimi
- «Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlarini mustahkamlashga hamda tadbirkorlik sub’yektlarini qoʻllab-quvvatlash meхanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida» (Koʻchirma)
- Mahsulot kodini qachon oldindan bilib olgan ma’qul



