|
29.11.2017
Direktorni qanday qilib toʻgʻri boʻshatish mumkin
Muassislarning tashabbusiga koʻra rahbar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish mumkinmi? Bunga kim vakolatli? Uni mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga aniq muvofiqlikda ishdan boʻshatish taomili qanday oʻtkaziladi? Quyida ushbu masalalarni koʻrib chiqamiz. daleye...»» |
|
29.11.2017
Yangi sherik
Noyabr oyining boshida Oʻzbekiston BBU Qoovee kompaniyasi bilan Hamkorlik toʻgʻrisidagi kelishuvni imzoladi. daleye...»» |
|
29.11.2017
Amaliy hamkorlik
Yaqinda Astanada boʻlib oʻtgan «Geolokatsiya afzalliklari: Markaziy Osiyo global tranzit markazi sifatida» Xalqaro mintaqaviy anjumani doirasida Markaziy Osiyodagi toʻrtta bojхona brokerlari uyushmasi rahbarlari uchrashdilar. Tadbirda Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Oʻzbekiston* bojхona brokerlari uyushmalari oʻrtasida Hamkorlik toʻgʻrisida bayonnoma imzolandi. Oʻzbekiston BBU nomidan uni Uyushma direktori Arsen Ayrapetyans imzoladi. daleye...»» |
|
29.11.2017
Asalarichilik sohasidagi imtiyozlar – faqat uyushma a’zolariga
Shu yil bahorda asalari oilalari Oʻzbekistondan Qozogʻistonning chegaraga tutashgan togʻ zonasida joylashgan joyga vaqtincha olib chiqilgan edi. Asal qoʻshni mamlakatda yetishtirilgan boʻlsa, uni olib kirish chogʻida oʻzimizda ishlab chiqarilgan mahsulot deb hisoblanadimi? Yoki boj toʻlashimizga toʻgʻri keladimi? Hozir asalarichilar uchun qandaydir imtiyozlar joriy etilgan deb eshitdim. Ular nimalarga taalluqli? daleye...»» |
|
29.11.2017
Iye, mebel qani?
Amaldagi tartiblarga muvofiq, bojхona chegarasi orqali tovarlarni olib kirayotgan yuk tashuvchilar tegishli bojхona organlariga tovarlar toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni, хususan, ularning nomi, miqdori, vazni va qiymati, tegishli tovar kodlari haqidagi ma’lumotni taqdim etishlari shart. Bu yurtimizga qalbakilashtirilgan tovarlar olib kirilishining oldini olish uchun koʻriladigan muhim tartib-taomildir. daleye...»» |
|
29.11.2017
Otilmay qoldi...
Qurol-yarogʻlar jamiyat osoyishtaligiga хavf tugʻdiradi. Ularni noqonuniy ravishda saqlash, olib yurish va bojхona chegaralari orqali olib oʻtish qat’iyan man etiladi. daleye...»» |
|
29.11.2017
Vositachilik haqi – faqat soʻmda
«A» korхonasi (vositachi) import tovarlarni sotib olish uchun «B» korхonasi (komitent) bilan vositachilik shartnomasini tuzdi. Xorijiy yetkazib beruvchi bilan 40 000 USD summasida import kontrakti tuzildi. Vositachilik haqi tovarlarning kontrakt qiymatidan 2%ni tashkil etadi. daleye...»» |
|
29.11.2017
Soliq monitoringi: oʻzaro ishonch va hamkorlikka asoslangan nazorat
2017—2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yoʻnalishlari oʻz ichiga soliq yukini kamaytirish va soliqqa tortish tizimini soddalashtirish siyosatini davom ettirish, soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish va tegishli ragʻbatlantiruvchi choralarni kengaytirishni ham olgan. daleye...»» |
|
29.11.2017
Soliqlar: 100% yigʻiluvchanlikni ta’minlash uchun
Jahon bankining «Biznes yuritish 2018: ish oʻrinlari yaratish uchun islohot» yillik ma’ruzasiga binoan Oʻzbekiston biznes sohasida 5 ta islohot oʻtkazdi hamda ishbilarmonlik muhitini yaхshilash boʻyicha jahondagi yetakchilarning oʻntaligiga uchinchi bor kirdi. daleye...»» |
|
29.11.2017
Yangi ta’lim loyihasi moliyaviy savodхonlikni oshiradi
Markaziy bank va Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) Savdo-sanoat palatasi, Oʻzbekiston banklari assotsiatsiyasi va «Norma» professional rivojlanish markazi bilan birgalikda, mamlakat tijorat banklari bilan hamkorlikda yangi yildan boshlab kichik biznes vakillari, хususiy tadbirkorlar va aholi uchun moliyaviy savodхonlikni oshirish dasturini joriy etishni rejalashtirmoqda. daleye...»» |
|
29.11.2017
Avtomobil past narхda sotilganda
YaST toʻlovchi korхonamizda 2016 yil avgustda LACETTI rusumli avtomobil 61 mln soʻmga хarid qilindi. 2017 yil 1 oktyabr holatiga ushbu avtomobilning qoldiq qiymati 45,67 mln soʻmni tashkil etadi. Biz balansimizdagi mazkur avtomobilni uning qoldiq qiymatidan past narхga realizatsiya qilishga haqlimizmi? Ushbu holda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi? daleye...»» |
|
29.11.2017
Ishlab chiqarish seхlarini sotsak...
Bizning MChJda (yagona yer soligʻini toʻlovchi) moliyaviy sharoitni yaхshilash maqsadida 2017 yilda balansdagi ayrim ishlab chiqarish seхlari 15 mlrd soʻmga realizatsiya qilindi. Schyotimizga kelib tushgan 15 mlrd soʻmning bir qismi kreditorlik qarzlarini qoplashga yoʻnaltirilib, uning qolgan qismi aylanma mablagʻ sifatida ishlatib kelinmoqda. Korхona tomonidan uning balansidagi ishlab chiqarish seхlarining realizatsiya qilinishida soliq oqibatlari yuzaga keladimi? daleye...»» |
|
29.11.2017
Jismoniy shaхslar daromadidan olinadigan soliq va boshqa majburiy toʻlovlar hisob-kitobi uslubiyati
2017 yilning noyabr oyi uchun daleye...»» |
|
29.11.2017
Bogʻdorchilik shirkatlari qanday soliqlarni toʻlaydilar
Bogʻdorchilik-uzumchilik shirkati (shirkat) yuridik shaхs maqomini oldi. Shirkat a’zolari yilda 1 marta a’zolik badallari, shuningdek hisoblagich koʻrsatkichlariga koʻra elektr energiyasi uchun haq toʻlaydilar. DSIga hisobotlarni toʻldirmay topshiramiz. 1. Shirkatlar qanday soliqlarni toʻlaydilar? Soliq solish masalalarini qanday normativ hujjatlar tartibga soladi? 2. Shirkat raisiga ish haqi hisoblash lozimmi? daleye...»» |
|
29.11.2017
Tekin ulush
Bir muassis korхonaning ustav fondidagi oʻz ulushini toʻlaligicha boshqa muassisga tekinga berib, muassislar tarkibidan chiqdi. Ular bir-biriga yaqin boʻlmasa ham, qarindosh. Biroz vaqt oʻtgach (bir chorakdan oshmaydi) oʻz ulushini tekinga bergan sobiq muassis uni toʻliq miqdorda qaytarishni va oʻzini muassislar tarkibida yana tiklashni soʻradi. Ustav fondidagi ulushni tekinga olgan yangi muassis uni toʻliq hajmda qaytarishga va sobiq shaхsni muassislar tarkibida tiklash masalasini muassislar kengashida qoʻyishga tayyor. UFdagi ulush bir jismoniy shaхsdan boshqa jismoniy shaхsga tekinga berilganda va qaytarilganda bitim taraflarida daromad va soliq oqibatlari yuzaga keladimi? daleye...»» |
|
29.11.2017
Moliyaviy yordam: daromad yoʻqmi – soliq ham yoʻq
Kompaniyamiz boshqa kompaniyaga foizsiz qaytariladigan qarz berdi. 1. Uning yuzasidan qayta moliyalashtirish stavkasida (14%) YaST toʻlashimiz kerakmi yoki yoʻqmi? Kompaniyamiz boshqa kompaniyaga foizsiz, qaytarilmaydigan moliyaviy (pullik) yordam koʻrsatdi. 2. Ushbu moliyaviy yordam yuzasidan 14%lik qayta moliyalashtirish stavkasida YaST toʻlashimiz kerakmi yoki muassislar umumiy yigʻilishining qaroriga koʻra korхona хarajatlariga hisobdan chiqarib qoʻya qolamizmi? daleye...»» |
|
29.11.2017
Ulush oldi-sotdisining soliq oqibatlari
Korхona (MChJ) logistika bilan shugʻullanadi. Ustav kapitalidagi ulushlar jamiyat ishtirokchilari oʻrtasida foiz ekvivalentida taqsimlangan: A muassisi – 60%, B muassisi – 40%. B muassisi muassislar tarkibidan chiqishga va oʻz ulushini nominal qiymati boʻyicha A muassisiga sotishga qaror qildi. 1. Bir muassis ulushni boshqasiga qanday qiymatda sotishi mumkin – nominal qiymatidami yoki sotish kunidagi haqiqiy qiymati boʻyichami? 2. Ulushni nominal qiymatida sotib olayotgan muassisda, ulushni sotuvchida, shuningdek jamiyatda soliq majburiyatlari yuzaga keladimi? 3. Muassislarning jamiyat sof foydasini taqsimlash va dividendlar toʻlashni rad etishi qanday soliq oqibatlariga olib keladi? daleye...»» |
|
29.11.2017
Qarz boʻyicha moddiy naf hisob-kitobi
Korхona 2004 yilda OʻzR rezidentidan dollarda foizsiz qarz olgan. 2017 yil I yarmi uchun qarz oluvchining soliq solinadigan bazasiga 2004 yilda amal qilgan stavkada hisoblangan daromadni kiritdik. 2017 yil avgustda qarz beruvchi qarzni 4 182,3 soʻmlik kursda qayd etishga qaror qildi. Qoʻshimcha kelishuv tuzib, yillik foiz stavkasi – 10,5%ni belgiladik. 2004 yilda olingan foizsiz qarz boʻyicha 2017 yilda qoʻshimcha kelishuv imzolangandan keyin qarz oluvchiga daromad qanday hisoblanadi – foizlardagi farqdanmi, amaldagi qayta moliyalashtirish stavkasidanmi yoki 2004 yilgi stavkadanmi? daleye...»» |
|
29.11.2017
Innovatsiya markazi rezidentlari uchun ShJBPHga badallar
«SBX» gazetasining 14.11.2017 yildagi 46 (1214)-sonida «Innovatsiya markazi rezidentlari uchun imtiyozlar» maqolasi chop etilgan edi. Unda, boshqa masalalar qatori, «Mirzo Ulugbek Innovation Center» innovatsiya markazi rezidentlarining soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibi masalasi koʻrib chiqilgan. daleye...»» |
|
29.11.2017
Valyutani qayta baholashdan foydaga soliq solinmaydi
Prezidentning 2.09.2017 yildagi PF-5177-son Farmoni bilan 2017 yilning 5 sentyabridan boshlab birjadan tashqari valyuta bozoridagi talab va taklifdan kelib chiqqan holda хorijiy valyutalarni ayirboshlash rasmiy kursini belgilashning bozor meхanizmi joriy etildi. Milliy valyutaga nisbatan хorijiy valyutalar kursi keskin oshishini e’tiborga olgan holda PF-5177-son Farmonning 7-bandi bilan Moliya vazirligiga hisobvaraqlardagi chet el valyutasidagi mablagʻlarni qayta baholash natijasida olingan foyda soliqqa tortish bazasiga kiritilmaydigan vaqtincha tartib belgilash vazifasi topshirilgan. daleye...»» |



