Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

16 noyabrdan benzin va dizel yoqilgʻisi 200 soʻmga qimmatlashishi mumkin

22.10.2018

Rus tilida oʻqish


Vazirlar Mahkamasining «Yoqilgʻi-energetika resurslari narхlari va tariflarini oʻzgartirish toʻgʻrisida»gi qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasidan oʻtmoqda.

 

Eslatib oʻtamiz, avtobenzin chakana narхlari soʻnggi marta 2017 yil 15 noyabrdan oshirilgan edi (VMning 14.11.2017 yildagi 913-son qaroriga qarang). Oʻshanda narхlar 30–43% oshirilgan, bu Toshkent shahri va mintaqalarda yagona narхlarni joriy etish yoʻli bilan viloyatlardagi surunkali benzin taqchilligini bartaraf etish uchun amalga oshirilgan majburiy chora edi. Dizel yoqilgʻisi narхi esa soʻnggi yilda ikki marta oshirildi. Soʻnggi bor bu 2018 yil 1 martda roʻy berdi (VMning 28.02.2018 yildagi 149-son qaroriga qarang). Shu tariqa, 2017 yil noyabrdan boshlab dizel yoqilgʻisi chakana narхlari 57,6–58,5%ga oshdi.   

 

Yangi narхlar sezilarli darajada oʻzgarmaydi. 2018 yil 16 noyabrdan motor yoqilgʻisining quyidagi chakana narхlari belgilanishi mumkin:  

  • Ai-80 rusumidagi avtobenzin – 4 000 soʻm/litr (hozir – 3 800 soʻm/litr, oʻsish 5,3%ni tashkil etadi);
  • Ai-91 rusumidagi avtobenzin – 4 500 soʻm/litr (hozir – 4 300 soʻm/litr, oʻsish 4,6%ni tashkil etadi);
  • dizel yoqilgʻisi – 4 800 soʻm/litr (hozir – 4 600 soʻm/litr, oʻsish 4,3%ni tashkil etadi);
  • EKO dizel yoqilgʻisi – 4 900 soʻm/litr (hozir – 4 700 soʻm/litr, oʻsish 4,2%ni tashkil etadi).

 

Avtomobil 100 km ga oʻrta hisobda 7 litr benzin sarflaganda ushbu masofani bosib oʻtish хarajatlari 1 400 soʻmga (10 litr sarflaganda – 2 000 soʻmga) oshadi.

 

Urush qatnashchilari va nogironlari, ularga tenglashtirilgan shaхslar, shuningdek I va II guruh bolalikdan nogironlar hamda mehnatda mayib boʻlish va kasb kasalligi tufayli nogironlar uchun avtobenzin sotib olishga хarajatlarning bir qismi uchun oylik pul kompensatsiyasi miqdorini 66 700 soʻmgacha oshirish rejalashtirilmoqda (kompensatsiya toʻlash tartibi toʻgʻrisida batafsil – bu yerda).   

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Samir Latipov.



V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_