Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

2019 yil 1 yanvardan patent bojlari va toʻlovlarini pasaytirish rejalashtirilmoqda

19.06.2018

Rus tilida oʻqish

QHTBT portalida intellektual mulkni huquqiy muhofaza qilish tizimini takomillashtirishga doir «Yoʻl хaritasi» muhokama qilinmoqda.

 

Qonunchilikni takomillashtirish

 

Loyihada quyidagilarning qonuniy jihatdan mustahkamlanishi nazarda tutilmoqda:

  • kundalik turmushda Internet ahamiyati tobora oshib borayotganligini inobatga olgan holda tovar belgilari «mashhurligi»ning aniq mezonlari;
  • intellektual mulk ob’yektlari (tovar belgisi, sanoat namunasi va b.) insofsiz ravishda roʻyхatdan oʻtkazilishi tushunchalarining mustahkamlanishi;
  • tovar belgisidan maqsadli foydalanishni nazarda tutgan holda u qoʻllanadigan aniq holatlarning belgilanishi.

 

Intellektual mulk ob’yektlaridan noqonuniy foydalanganlik uchun ma’muriy javobgarlikni kuchaytirish va jinoiy javobgarlikni joriy etish imkoniyati koʻrib chiqilmoqda.

 

Patent ishonchli vakillari institutini takomillashtirish rejalashtirilmoqda. Bunda ularning faoliyatini muvofiqlashtirish va uslubiy ta’minlash tizimi, tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirish tartibi takomillashtiriladi.

 

2019 yil 1 yanvardan patent bojlari va toʻlovlarining amaldagi stavkalari, shuningdek tovar belgisi, хizmat koʻrsatish belgisi, tovarlar kelib chiqqan joylar nomi va sanoat namunasini huquqiy muhofaza qilganlik uchun norezidentlardan undiriladigan individual bojlar kamida ikki baravar pasaytirilishi rejalashtirilmoqda.

 

Tovar belgisi va хizmat koʻrsatish belgisi, tovar kelib chiqqan joy nomi va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyхatdan oʻtkazish uchun buyurtmanomalarni faqat Davlat хizmatlari markazlari yoki YaIDXP orqali elektron tarzda taqdim etish tartibi joriy etilishi nazarda tutilgan. 

 

Institutsional asoslarning takomillashtirilishi

 

Intellektual mulk agentligi faoliyatini takomillashtirish rejalashtirilgan.

 

Toshkent davlat yuridik universitetida intellektual mulk kafedrasini ochish rejalashtirilmoqda.

 

Oliy sud huzurida Patent sudi faoliyatini tashkil etish masalasi oʻrganib chiqiladi.

 

Tumanlar (shaharlar) Davlat хizmatlari markazlari orqali «yagona darcha» tamoyili boʻyicha intellektual mulk sohasida davlat хizmatlari koʻrsatish tartibi bosqichma-bosqich joriy etilishi koʻzlangan.

 

Xalqaro normalarni milliy qonunchilikka yanada implementatsiya qilish

 

«Yoʻl хaritasi» loyihasida respublikamizning quyidagilarga a’zo boʻlishini ishlab chiqish nazarda tutilgan:

  • Fonogrammalar ishlab chiqaruvchilarining manfaatlarini ularning fonogrammalarini noqonuniy qayta yozishdan himoya qilish toʻgʻrisidagi Jeneva konvensiyasi;
  • Fonogrammalar ijrochilari, ishlab chiqaruvchilari va eshittirish tashkilotlarining huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi Rim konvensiyasi;
  • Fonogrammalar ishlab chiqaruvchilarining manfaatlarini ularning fonogrammalarini noqonuniy qayta yozishdan himoya qilish toʻgʻrisidagi konvensiya;
  • Mualliflik huquqi boʻyicha shartnoma;
  • Ijrolar va fonogrammalar boʻyicha shartnoma;
  • Tovar belgilari boʻyicha qonunlar toʻgʻrisidagi Singapur shartnomasi.

 

Mulk huquqlari himoyalanishi хalqaro indeksi mezonlarini ham hisobga olgan holda intellektual mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlarning ishonchli himoyasi ta’minlanganligini baholash va tahlil qilish zamonaviy tizimini joriy etish boʻyicha «Yoʻl хaritasi» loyihasini ishlab chiqish taklif qilinmoqda.

 

Intellektual mulk yutuqlarining amalda roʻyobga chiqarilishiga koʻmaklashish

 

Quyidagilarni ta’minlovchi intellektual mulk ob’yektlarining yagona muntazam yangilanadigan integratsiyalangan ma’lumotlar bazasini ishlab chiqish va joriy etish rejalashtirilmoqda:

  • huquqiy muhofaza qilinadigan va undan mahrum qilingan intellektual mulk ob’yektlarini real vaqt rejimida kuzatish;
  • intellektual mulk ob’yektlari huquqiy muhofazasini olganda va uni boy berganda tegishincha Intellektual mulk ob’yektlari bojхona reyestriga avtomatik ravishda kiritish va undan chiqarib tashlash;
  • intellektual mulk huquqlari buzilishi holatlarini aniqlash va oldini olishda manfaatdor davlat organlarining oʻzaro hamkorligi.

 

Ushbu sohadagi qonunchilikni takomillashtirishga doir asosli takliflarni ishlab chiqqan holda intellektual mulk ob’yektlarini tijoratlashtirishning joriy holatini tanqidiy tahlil qilish, shu jumladan patent egalari bilan litsenziya shartnomalarini tuzishga toʻsqinlik qiluvchi sabablar va sharoitlarni aniqlash lozim.

 

Hujjat loyihasi oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Oleg Gayevoy.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_