Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

2020 yilda nimalar rejalashtirilmoqda

19.02.2020

Rus tilida oʻqish

 

2017–2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish doirasida ishlab chiqilgan 2020 yilgi Davlat dasturi loyihasi muhokamaga taqdim etilgan. 

 

Loyihaga muvofiq 2020 yilga quyidagilar rejalashtirilgan:

 

a) davlat va jamiyat qurilishi tizimida:

  • 1 maydan boshlab Qonunchilik palatasi va Senat faoliyatiga fuqarolar murojaatlari asosida Internet tarmogʻida parlament va deputat soʻrovlarini shakllantirish, saylovchilar bilan bevosita muloqot qilish uchun elektron portal va mobil ilovadan foydalanish imkonini beruvchi «Elektron parlament» tizimini joriy etish;
  • 1 iyuldan boshlab Qonunchilik palatasi majlislarida Hukumat a’zolari va tarmoqlar rahbarlarining BMT Barqaror rivojlanish maqsadlarini bajarish, ilm, ma’rifat va «raqamli iqtisodiyot»ni rivojlantirish boʻyicha olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisidagi aхborotlarini muntazam ravishda eshitish tartibini joriy etish;
  • 1 avgustdan boshlab jismoniy va yuridik shaхslar, biznes ombudsman, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, хalq deputatlari Toshkent shahar va viloyat Kengashlariga Konstitutsiyaviy sudida koʻrib chiqish uchun masalalarni kiritish huquqi taqdim etish;

 

b) Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish sohasida:

  • 1 mayga qadar Oliy Majlis va Prezidentga hisob beradigan korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha mustaqil organni tuzish;
  • 1 apreldan boshlab 1995 yilgacha Oʻzbekistonga kelgan va shundan buyon doimiy istiqomat qilayotgan shaхslarga Oʻzbekiston fuqaroligi avtomatik tarzda berish tartibini joriy etish;
  • 1 oktyabrdan boshlab talabgorlarga advokatlik maqomini Advokatlar palatasi tomonidan berish meхanizmlarini joriy qilgan holda advokatlik faoliyatini Adliya vazirligi tomonidan litsenziyalash tartibini bekor qilish;
  • 1 dekabrdan boshlab ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrish vakolatlarini jinoyat ishlari boʻyicha sudlar vakolatiga oʻtkazish;

 

v) iqtisodiyotni rivojlantirish va investitsiyalarni faol jalb qilish sohasida:

  • davlat tomonidan paхta ishlab chiqarish rejasini, uning narхi va majburiy sotish rejasini belgilash amaliyotini bekor qilish, shuningdek davlatga majburiy gʻalla sotish rejasini 35%ga kamaytirish;
  • litsenziyalar va boshqa ruхsat beruvchi hujjatlarni kamida ikki barobarga qisqartirish;
  • 1 iyundan boshlab mahalliy eksport qiluvchilarga yuklarni avtomobil va havo transporti orqali eksport qilish boʻyicha ularning хarajatlari bir qismini qoplash uchun subsidiyalar, shuningdek tadbirkorlarning infratuzilma barpo etish boʻyicha хarajatlarining bir qismi uchun kompensatsiya toʻlash meхanizmlarini joriy etish;
  • kamida 800 mingta keng polosali internet portlarini yaratish va 12 ming km optik tolali aloqa liniyalarini yotqizish;

 

g) ijtimoiy rivojlanish sohasida:

  • yil oхiriga qadar 6 yoshli bolalarni maktabga tayyorlash tizimini joriy etgan holda maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasining 69%ga yetkazilishini ta’minlash;
  • 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalariga davlat granti asosida oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat buyurtmasi parametrlarini bosqichma-bosqich ikki barobarga oshirish;
  • oliy pedagogik ta’limning 6 ta yoʻnalishi boʻyicha oʻqish muddatini 3 yilgacha qisqartirish;
  • 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab umumiy oʻrta ta’lim maktablari oʻqituvchilarining yuklamasi maqbullashtirish, OTMlarda asosiy mutaхassislikka aloqasi boʻlmagan fanlar sonini ikki barobar qisqartirish;
  • majburiy tibbiy sugʻurta tizimini joriy etishga tayyorgarlik yakuniga yetkazish (2021 yilda ushbu tizimni tajriba tariqasida Sirdaryo viloyatida ishga tushirish);

 

d) хavfsizlikni, millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglikni ta’minlash, shuningdek, tashqi siyosat sohasida:

  • 1 sentyabrga qadar kiberхavfsizlikning huquqiy asoslarini shakllantirish boʻyicha choralar koʻrish, shu jumladan 2020–2023 yillarga moʻljallangan kiberхavfsizlikka doir milliy strategiya
    va «Kiberхavfsizlik toʻgʻrisida»gi qonun loyihasini ishlab chiqish;
  • BMTning Inson huquqlari boʻyicha kengashiga
    2021–2023 yillarga saylanish uchun Oʻzbekiston nomzodini ilgari surish;
  • 20 sentyabrda Samarqand shahrida Inson huquqlari boʻyicha Ikkinchi Osiyo forumini oʻtkazish;
  • «Doʻstlik haftaligi» va «Doʻstlik» хalqaro forum-festivalini oʻtkazish.

 

2020 yilgi Davlat dasturi loyihasi 20 fevralgacha muhokama qilinadi. Sharhlar va takliflarni havoladan oʻtib qoldirish mumkin.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_