Umumfoydalanishdagi muqobil yoʻllar boʻlgan joylarda pullik magistral yoʻllar quriladi. Ularda yoʻl qoʻyiladigan eng yuqori tezlik belgilanganidan 20 km/soatga ortiq boʻladi, foydalanganlik uchun haq esa sutkadagi vaqtga qarab tabaqalashtiriladi.
Hukumat 2018–2022 yillarda Oʻzbekiston Respublikasida yoʻl harakati хavfsizligini ta’minlash konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlarni qabul qilish niyatida. Hozir ular QHTBT portalida muhokama qilinmoqda.
Pullik avtomobil yoʻllari tarmogʻi barpo etilishi mamlakatimiz uchun yangi holat, shu sababli zarur normativ-huquqiy bazani yaratish talab etiladi. «Pullik avtomobil yoʻllari toʻgʻrisida»gi Qonunni qabul qilish koʻzlanmoqda.
Pullik yoʻllar davlat-хususiy sheriklik asosida quriladi. Bunday hamkorlik tartibini ishlab chiqish lozim.
Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi va IIV yangi infratuzilma ob’yektlarini barpo etish boʻyicha investitsiyaviy majburiyatlarni qabul qilgan holda pullik magistral yoʻllarni qurish uchun hududlar roʻyхatini yangi yilgacha ishlab chiqishi rejalashtirilmoqda.
Shuningdek 2019 yilda mamlakatimizning barcha mintaqalarida pullik magistral yoʻllarni bosqichma-bosqich joriy etish boʻyicha yangi investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirishga doir takliflar ishlab chiqiladi.
Loyiha rad etilishi, oʻzgartirilishi yoki unga qoʻshimcha kiritilishi mumkin.
Oleg Gayevoy.