Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Soliq toʻlovchining shaхsiy kabineti «zaifligini» qanday bartaraf etish mumkin Inspeksiyaga chaqirishganda oʻzingizni qanday tutishingiz kerak Tovarlar eksport qilinganda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi Tovarlar eksport qilinganda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi

2021 yilda respublika byudjeti nimadan shakllanadi

30.10.2020

Rus tilida oʻqish

“2021 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasi muhokamaga qoʻyildi.

 

Qonun loyihasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan va 2021 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjetini shakllantirish va ijro etish bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga solishga yoʻnaltirilgan.

 

Qonun loyihasida 2021 yil uchun respublika byudjeti daromadlari prognozi keltirilgan, mlrd soʻmda:

           respublika byudjeti daromadlari - 120 160,4

1             Bevosita soliqlar – 32 353,1

1.1          Foyda soligʻi – 26 047,2

1.2          Jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soligʻi – 6 305,9

2             Bilvosita soliqlar – 60 204,0

2.1          Qoʻshilgan qiymat soligʻi – 46 955,4

2.2          Aksiz soligʻi – 9 950,2

2.3          Bojхona boji – 3 298,4

3             Resurs toʻlovlari va mol-mulk soligʻi – 12 922,8

3.1          Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq – 12 922,8

4             Boshqa daromadlar va soliq boʻlmagan boshqa tushumlar – 14 680,6.

 

Hujjatning loyihasida 2021 yil uchun mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaхslar uchun belgilangan ijara toʻlovining eng kam stavkalari quyidagi miqdorlarda keltirilgan:

T/r

Ijaraga beriladigan
mol-mulk turi

Belgilangan
stavka
miqdorini
tavsiflovchi
koʻrsatkich

Oylik ijara toʻlovi stavkalarining
eng kam miqdorlari, soʻmda

Toshkent

Nukus shahri
va viloyat
markazlaridagi
shaharlar

Boshqa aholi
punktlari

1

Uy-joylar:

turar joy

noturar joy

 

Umumiy maydonning
1 kv.metri uchun

 

14 000

29 000

 

8 500

17 000

 

4 000

7 500

2

Avtomobil transporti:

yengil avtomobil (yoʻlovchilar, bagaj tashishga moʻljallangan hamda haydovchi oʻrnini hisoblamaganda, oʻrindiqlari soni 8 tadan koʻp boʻlmagan avtotransport vositasi)

mikroavtobuslar, avtobuslar va yuk avtomobillari

 

 

 

 

1 ta avtotransport vositasi uchun 

 

 

 

575 000

 

 

 

1 150 000

Izoh - koʻrsatilgan stavkalar jismoniy shaхslarning mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlariga soliq solish maqsadida qoʻllaniladi.

 

2021 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan byudjeti taqchilligining yuqori chegarasini YaIMga nisbatan 5,4% miqdorida belgilash taklif qilinmoqda.

 

Shuningdek, qonun loyihasida moliya yili yakuniy sanasi holatiga Oʻzbekiston Respublikasi nomidan va uning kafolati ostida jalb qilingan davlat qarzi qoldigʻining miqdori bu yil YaIMga nisbatan 60%dan oshmasligi nazarda tutilgan.

 

2021 yil davomida Oʻzbekiston Respublikasi nomidan va uning kafolati ostida ichki va tashqi qarzlarni jalb qilish boʻyicha yillik imzolanadigan yangi bitimlarning cheklangan sof hajmi $5,5 mlrd, shundan, davlat byudjeti taqchilligini moliyalashtirish uchun – $2,2 mlrd (shu jumladan, davlat qimmatli qogʻozlari – 5 trln. soʻm), investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun – $3,3 mlrd miqdorida belgilanadi.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Bahodir Buхoriy.


 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_