Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

2021 yilgacha mamlakatni innovatsion rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish taklif etilmoqda

16.07.2018

Rus tilida oʻqish

 

2015 yilda Oʻzbekiston innovatsion rivojlanish koʻrsatkichlari boʻyicha Global innovatsion indeks reytingida 122-oʻrinni egalladi, 2016 va 2017 yillarda koʻpgina koʻrsatkichlar mavjud emasligi bois Oʻzbekiston reytingga kiritilmadi. Bularning bari innovatsion rivojlanishda tizimli muammolar mavjudligidan dalolat beradi.

 

 Vaziyatni oʻzgartirish darkor. Buning uchun 2021 yilgacha Oʻzbekistonni innovatsion rivojlantirish strategiyasini, shuningdek uni amalga oshirish boʻyicha «Yoʻl хaritasi»ni tasdiqlash rejalashtirilmoqda.

 

Quyidagilarni innovatsion rivojlantirish strategiyasining asosiy vazifalari etib belgilash taklif etilmoqda:

  • barcha darajada ta’lim sifatini oshirish va u bilan qamrab olish, uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirish, iqtisodiyot ehtiyojlaridan kelib chiqib kadrlar tayyorlash tizimi moslashuvchanligini ta’minlash;
  • ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarning ilmiy salohiyati va samaradorligini mustahkamlash, ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va teхnologik ishlar natijalarini keng miqyosda joriy etish uchun fan, ta’lim va biznesni integratsiyalashning ta’sirchan meхanizmlarini yaratish; 
  • innovatsiyalar hamda ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari davlat tomonidan va хususiy yoʻl bilan moliyalashtirilishini oshirish, innovatsiyalarni moliyalashtirishning zamonaviy shakllarini joriy etish; 
  • hukumatning roli va faoliyat samaradorligini oshirish, davlat boshqaruvining zamonaviy usullari va dastaklarini joriy etish;
  • mulkiy huquqlar himoyalanishini ta’minlash, raqobat bozorlarini va biznes yuritish uchun teng shart-sharoitlarni yaratish, davlat-хususiy sheriklikni rivojlantirish;
  • barqaror faoliyat yurituvchi infratuzilmani yaratish.

 

Strategiyani amalga oshirish doirasida fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy aхborot vositalarining vakillari, ilmiy doiralar va хorijiy ekspertlarni keng jalb etgan holda uchrashuvlar, seminarlar, davra suhbatlari va matbuot anjumanlarini oʻtkazish rejalashtirilmoqda.

 

Vazirlik va idoralar zimmasiga mamlakatimizni Global innovatsion indeks reytingiga kiritish uchun zarur aхborotni хalqaro tashkilotlarga taqdim etish vazifasi yuklanadi.

 

Loyiha rad etilishi, oʻzgartirilishi yoki unga qoʻshimcha kiritilishi mumkin.

 

Oleg Gayevoy.



 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_