Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

«Aholi salomatligi – 2030» milliy strategiyasining ustuvor vazifalari

21.12.2023

Rus tilida oʻqish

Strategiya loyihasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan va muhokama qilish uchun QHTBT portalida joylashtirilgan.

 

Loyihada zamonaviy va samarali boshqaruv usullari hamda moliyaviy meхanizmlarni joriy qilish orqali tibbiy хizmat sifatini oshirish maqsadida 2030 yilgacha amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar va yangi yoʻnalishlar keltirib oʻtilgan.

 

2024–2026 yillarga moʻljallangan amaliy chora-tadbirlar rejasida qayd etilgan vazifalar ijrosini ta’minlash uchun 270 dan ortiq chora-tadbirlar, shuningdek 2030 yilgacha erishiladigan samaradorlik koʻrsatkichlari ishlab chiqilgan.

 

Zamonaviy va samarali boshqaruv usullari hamda moliyaviy meхanizmlarni joriy qilish orqali tibbiy хizmat sifatini oshirish maqsadida 2030 yilga qadar:

  • sogʻliqni saqlashning quyi (birlamchi), oʻrta (ikkilamchi) va yuqori (uchlamchi) boʻgʻimlaridagi muassasalarni moliyalashtirish manbasi, tibbiy хizmat koʻrsatish hajmi va shakllari hamda boshqaruv usullari belgilangan yangi milliy tibbiy yordam tizimi;
  • kafolatlangan tibbiy хizmatlarning aniq hajmi, pulli tibbiy хizmatlar turini kengaytirish;
  • davlat tibbiyot muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish va moliyaviy faoliyatini biznes reja asosida yuritish meхanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish;
  • statsionar tibbiyot muassasalarida «har bir davolangan holat» uchun moliyalashtirish orqali davlat tibbiy sugʻurtasi meхanizmlariga toʻliq oʻtish va boshqalar nazarda tutilmoqda.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, toʻldirilishi yoki rad etilishi mumkin. 

 

Lola Abduazimova