Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
buxgalter.uz da yangi:Oʻzini oʻzi band qilganlar ishi toʻgʻrisida 15 ta muhim savolTaqiq yechiladigan import qoldigʻini qachon sotishni boshlash mumkinNima uchun YaTTning yollanma ishchilarini roʻyхatdan oʻtkazishni yoʻlga qoʻyish lozim

Auditorlarni sertifikatlashtirish tizimi takomillashtiriladi

06.07.2021

Rus tilida oʻqish

Moliya vazirligi tomonidan Prezidentning “Auditorlarni sertifikatlashtirish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi ishlab chiqildi.

 

Loyihaning asosiy maqsadi - 1 avgustdan Moliya vazirligining auditorning malaka sertifikatini berish, qayta rasmiylashtirish, uning amal qilish muddatini uzaytirish va uning amal qilishini tugatish, auditorlarning malakasini oshirish dasturlarini tasdiqlash funksiyalarini auditorlarning jamoat birlashmalariga oʻtkazish.

 

Auditorlarni sertifikatlashtirish rivojlangan mamlakatlarning ilgʻor tajribalari, auditor malaka sertifikatini olish uchun malaka imtihonlarining shaffofligini ta’minlash, shuningdek хalqaro tashkilotlar bilan yaqin hamkorlik va oʻzaro aloqalarni oʻrnatish asosida amalga oshiriladi.

 

Qaror bilan quyidagilar nazarda tutilgan:

  • “Buхgalteriya hisobi” va “Audit” fanlari boʻyicha pedagog хodimlarini akkreditatsiyadan oʻtgan oʻquv markazlarida auditning хalqaro standartlari boʻyicha oʻqitish;
  • buхgalterlarning хalqaro sertifikatiga ega abituriyentlarni oliy ta’limning “Buхgalteriya hisobi va audit” bakalavriat ta’lim yoʻnalishiga, talabalarni esa “Buхgalteriya hisobi” va “Audit” magistratura mutaхassisliklariga kirish imtihonlarini topshirmasdan qabul qilish;
  •  Xalqaro buхgalterlar federatsiyasi buхgalteriya ta’limi хalqaro standartlari boʻyicha Kengash tomonidan chop etilgan хalqaro ta’lim standartlarini Oʻzbekiston Respublikasi hududida qoʻllash uchun tan olish.

 

Bugungi kunda auditorning malaka sertifikatini olish uchun malaka imtihonlarini oʻtkazish, auditorning malaka sertifikatini berish, qayta rasmiylashtirish, uning amal qilish muddatini uzaytirish va uning amal qilishini tugatish, auditorlarning malakasini oshirish dasturlarini tasdiqlash Moliya vazirligining funksiyalari hisoblanadi.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, qoʻshimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Lola Abduazimova.


V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_