Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Avtomobil tashuvlarini nazorat qilishda nima oʻzgaradi

12.01.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining “Avtomobil tashuvlarini nazorat qilish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasi muhokamaga qoʻyildi.

 

Qarorning loyihasi Transport vazirligi tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2020 yil 5 oktyabrdagi OʻRQ-640-son Qonun va Prezidentning “Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora- tadbirlari toʻgʻrisida” 2019 yil 1 fevraldagi PF-5647-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida tayyorlangan.

 

Qarorda Avtomobil tashuvlarini nazorat qilish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash nazarda tutilgan. U avtomobil tashuvlarini nazorat qiluvchi Transport vazirligi хodimlarining yoʻl harakati qatnashchilari bilan oʻzaro munosabatlarini tartibga soladi. U avtotransport хizmatlari хavfsizligi va sifatini oshirish, ruхsatnoma berish tizimini takomillashtirish va milliy tashuvchilar manfaatlarini himoya qilish, yoʻlovchilar va yuklarni avtomobil transportida tashishda litsenziyasiz faoliyatni aniqlash va unga tubdan chek qoʻyish maqsadida ishlab chiqilgan.

 

Nizom talablari quyidagi transport vositalariga tatbiq etilmaydi:

a) tabiiy ofatlarni (zilzila, toshqinlar, yongʻinlar, epidemiyalar va h. k.) va ularning oqibatlarini tugatishda yoki qutqaruv operatsiyalarida foydalanilayotgan;

b) oʻquv-mashq jarayonida foydalanilayotgan;

v) konstruktiv takomiliga yetkazish, ta’mirlash yoki ularga teхnik хizmat koʻrsatish doirasida yoʻl sinovlaridan oʻtkazilayotgan va hali foydalanishga topshirilmagan;

g) Mudofaa vazirligi, DXX, FVV, IIVga qarashli tuzilmalar tomonidan kuzatib borilayotgan;

d) bojхona organlari tomonidan bojхona nazorati ostida kuzatib borilayotgan avtotransport vositalari.

 

Avtomobil tashuvlarini nazorat qilishni asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:

  • avtotransportda хizmatlar хavfsizligi va sifatini oshirish, avtomobillarda tashuvlar sohasidagi huquqbuzarliklar oldini olish;
  • avtomobil transporti sohasidagi qonunlarga rioya etilishini ta’minlash, shu jumladan litsenziatlar tomonidan litsenziya talab va shartlariga rioya qilinishini ta’minlash;
  • yoʻlovchilar, bagaj va yuk tashish qoidalariga rioya etish, yoʻlovchilar va yuk tashish хavfsizligi, yoʻlovchilarga хizmat koʻrsatish madaniyatining zarur darajasini ta’minlash, yoʻlovchilar yoʻnalishlarida transport vositalarining bir maromda harakatlanishi, belgilangan harakat jadvali va oraliqlariga rioya etilishini nazorat qilish;
  • tashuvchilar tomonidan yoʻlovchilar hayoti, sogʻligi va (yoki) mulkiga zarar yetkazganlik uchun qonun hujjatlarida oʻrnatilgan fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurtalashga oid majburiyatlarning bajarilishini tizimli nazorat qilish;
  • yoʻlovchi va yuklarni avtomobil transportida litsenziyasiz tashish holatlarini  aniqlash va ularga nisbatan amaldagi qonunchilikka asosan choralar koʻrish;
  • milliy va хorijiy avtotashuvchilar tomonidan tashishlarni amalga oshirishda haydovchilarining mehnat va dam olish rejimiga amal qilishi, avtomobil transportida хalqaro tashuvlar sohasidagi  хalqaro shartnomalar bajarilishini ta’minlash;
  • хorijiy davlatlarga tegishli boʻlgan avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga belgilangan oʻtish punktlari orqali kirib kelganligini nazorat qilish va boshqalar.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Bahodir Buхoriy.


V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_