Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Barqaror turmush tarzini targʻib qilish milliy dasturi ishlab chiqildi

31.05.2023

Rus tilida oʻqish

2023-2030 yillarda Oʻzbekiston Respublikasida barqaror turmush tarzini targʻib qilish milliy dasturi loyihasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi tomonidan ishlab chiqilib, jamoatchilik muhokamasiga qoʻyildi.

 

Quyidagilar Milliy dasturning asosiy vazifalari boʻladi:

  • tabiiy va boshqa resurslarni tejab ishlatish yoʻllarini joriy qilish;
  • barqaror turmush tarzini shakllantirish boʻyicha хabardorlikni oshirish yuzasidan ta’lim muassasalari, davlat va хususiy idoralarda loyihalarni amalga oshirish;
  • barqaror turmush tarzini shakllantirishga bagʻishlangan ijtimoiy videoroliklarni OAV orqali efirga muntazam uzatib borish;
  • ta’lim tashkilotlari va mehnat jamoalarida ekovolontyorlar tomonidan barqaror turmush tarzini targʻib qilish harakatini yoʻlga qoʻyish va qoʻllab-quvvatlash;
  • barqaror turmush tarzini shakllantirish boʻyicha хabardorlikni oshirish va bu boradagi yoshlar tashabbusini qoʻllab-quvvatlash.

 

Shuningdek, Milliy dasturning asosiy maqsadlari ijrosini ta’minlashga qaratilgan hamda barqaror turmush tarzini tizimli targʻib qilish konsepsiyasini 2023-2024 yilda amalga oshirish boʻyicha “yoʻl хaritasi” qabul qilinadi.

 

Barqaror turmush tarzi – bu insonning kundalik hayoti va faoliyati davomida oʻz harakatlari bilan tabiatga (yer, suv, oʻrmon, atmosfera havosi, oʻsimlik va hayvonot dunyosiga) yetkazayotgan zararni bartaraf etish yoki uni minimallashtirish, shuningdek, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishini ta’minlash hisoblanadi.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Lola Abduazimova.