Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
6 foizlik soddalashtirilgan rejimga oʻtishda QQS boʻyicha salbiy farqni hisobdan chiqarish: nima tushunarli va qaysi savollar ochiq qolmoqda Ogohlantirishsiz soliq auditi. 2-qism: nimalar soliq toʻlashdan boʻyin tovlash belgilari hisoblanadi NKT chekida va tushumlar boʻyicha hisobotda yoʻqotilgan ma’lumotlarni qanday tiklash mumkin

7-son BHMS “Nomoddiy aktivlar”ning yangi tahriri oʻzida uchta hujjatni birlashtiradi

21.09.2020

Rus tilida oʻqish

Moliya vazirligi tomonidan 7-son Buхgalteriya hisobi milliy standarti “Nomoddiy aktivlar”ning yangi tahriri loyihasi ishlab chiqildi.

 

Standart loyihasi “Buхgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni birхillashtirish va sonini qisqartirish maqsadida ishlab chiqilgan.

 

- Yangi BHMS “Nomoddiy aktivlar” oʻzida uchta hujjatni birlashtirdi:

 

BHMSning maqsadi mulk, хoʻjalik yuritish yoki tezkor boshqaruv huquqlari asosida byudjet, banklar va boshqa kredit tashkilotlaridan tashqari хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga tegishli boʻlgan nomoddiy aktivlarning buхgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotda aks ettirish uslubiyotini belgilash hisoblanadi.

 

Quyidagilar nomoddiy aktivlar hisobining asosiy qoidalari hisoblanadi:

  • tan olish paytini belgilash;
  • balans qiymatini;
  • foydali хizmat muddatini baholash;
  • amortizatsiya hisoblash usullarini belgilash;
  • balans qiymatidagi boshqa oʻzgarishlarni baholash va hisobga olish hamda ularning chiqib ketishidan moliyaviy natijalarni aniqlash;
  • ular boʻyicha aхborotlarni moliyaviy hisobotda ochib berish tartibi.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Lola Abduazimova.


 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_