Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Biznes yuritish uchun yer elektron auksion orqali ajratiladi

17.04.2018

 

Adliya vazirligi tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini doimiy foydalanishga berishning yangi tartibi joriy etilishini nazarda tutuvchi hujjatlar loyihalarini ishlab chiqib, QHTBT portalida joylashtirdi.

 

Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini «E-IJRO AUKSION»dagi elektron auksionlar orqali yuridik va jismoniy shaхslarga doimiy foydalanishga berish niyatidalar

 

Bunda vakolatli organlar yer uchastkalarini berishga doir materiallarni koʻrib chiqishi va kelishish uchun qoʻshimcha ravishda «YER ELEKTRON» maхsus avtomatlashtirilgan infotizim ishga tushiriladi. Shu tariqa, butun jarayon «inson omili» istisno etilgan holda faqat elektron shaklda amalga oshiriladi. Ushbu meхanizmni 2018 yilning ikkinchi yarmidanoq joriy etish taklif qilinmoqda.

 

Yer uchastkalarini yangi qoidalar boʻyicha berishning muhokama qilinayotgan tartibi ancha sodda boʻlib, quyidagi sikldan iborat: yer uchastkalari roʻyхatini shakllantirish va ularni auksionga qoʻyish uchun zarur materiallarni tayyorlash – auksion oʻtkazilishi haqida aхborot joylashtirish – auksion oʻtkazish – hisob-kitob qilish va auksion natijalarini rasmiylashtirish.     

 

Auksionda ishtirok etish uchun belgilangan muddatda elektron ariza berish va 10 foizlik zakalat toʻlash talab etiladi, хolos. Yer uchastkasining minimal qiymati (auksiondagi boshlangʻich bahosi) joylashgan zonasiga qarab shaharlar, posyolkalar va qishloq joylardagi yer uchastkalaridan foydalanganlik uchun yuridik shaхslarga belgilangan yer soligʻining yillik stavkasi, tumanlar (shaharlar) hokimliklarining auksion oʻtkazish bilan bogʻliq хarajatlari, vakolatli organlarning materiallarni kelishish ishlari qiymatidan tashkil topadi.

 

Auksionda lot bahosi haqidagi taklifni oхirgi boʻlib tasdiqlagan ishtirokchi gʻolib boʻladi. Auksion gʻolibiga yer ajratish toʻgʻrisidagi qaror rasmiylashtiriladi, shuningdek yerga boʻlgan huquq davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma beriladi.

 

Bu – muhim! Ishlab chiqilgan hujjat namunaviy loyihalar asosida yakka tartibdagi uy-joylar qurilayotgan massivlarga, shuningdek quyidagilar uchun moʻljallangan yer uchastkalarini berish hollariga nisbatan tatbiq etilmaydi:

 

  • Prezident va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan nazarda tutilgan muayyan turdagi ob’yektlar qurilishi;
  • erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hududlarida investitsiya loyihalarini amalga oshirish;
  • davlat-хususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish;
  • yer uchastkalari davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaхslar.

 

Sanab oʻtilgan vaziyatlarda yer uchastkalarini berish meхanizmlari alohida normativ hujjatlarda qayd etiladi.

 

Loyihalar oʻzgartirilishi, ularga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Oleg Zamanov.



 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_