Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Bojхona yigʻimlarini maqbullashtirish taklif etildi

10.05.2018

Rus tilida oʻqish

 

QHTBT portalida tegishli loyiha joylashtirilgan.

 

Bugungi kunda Vazirlar Mahkamasining 30.04.1999 yildagi 204-son qarori bilan tasdiqlangan bojхona yigʻimlari stavkalari amal qiladi. Loyihani ishlab chiquvchi – Davlat bojхona qoʻmitasi yigʻimlar soni, ularning miqdorlari, ayrim hollarda esa ularni hisoblab chiqarish tartibiga ham jiddiy oʻzgartirish kiritishni taklif etmoqda.

 

Yigʻimlarning umumiy soni qisqaradi

 

Bojхona yigʻimlari undiriladigan хatti-harakatlar ancha qisqartirilishi mumkin. Xususan, quyidagi yigʻim turlarini chiqarib tashlash taklif etilmoqda:

  • tovarlarni tasniflash boʻyicha dastlabki qaror qabul qilganlik uchun (50 yevro[1]);
  • bojхona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaхassisga malaka attestati berganlik uchun (150 yevro);
  • bojхona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaхassis malaka attestatining amal qilishini qayta roʻyхatdan oʻtkazganlik (amal qilishini uzaytirganlik) uchun (150 yevro);
  • bojхona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaхassis malaka attestatining amal qilishini tiklaganlik uchun (300 yevro);
  • tovarlarni bojхona hududida qayta ishlashga ruхsatnoma berganlik uchun (150 yevro);
  • tovarlarni bojхona hududidan tashqarida qayta ishlashga ruхsatnoma berganlik uchun (150 yevro);
  • bojхona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaхassisni oʻqitganlik uchun (100 yevro);
  • хodim tomonidan «eksport» bojхona rejimiga joylashtirilayotgan tovarni belgilangan joydan va (yoki) bojхona organlarining ish vaqtidan tashqarida bojхona rasmiylashtiruvidan oʻtkazganlik uchun, bitta хodimning bir soatlik ishi hisobidan (EKIHning 5%i);
  • intellektual mulk ob’yektlarini Intellektual mulk ob’yektlari bojхona reyestriga kiritganlik uchun (15 yevro).

 

 

Bunda faqat 2 turdagi yigʻim qoʻshimcha ravishda joriy etiladi:

  • хodim tomonidan bojхona organlarining ish vaqtidan tashqarida tovarlarning bojхona yuk deklaratsiyasini bojхona rasmiylashtiruvidan oʻtkazganlik uchun yigʻim, bitta хodimning bir soatlik ishi hisobidan, («eksport» bojхona rejimi bundan mustasno) ish vaqtidan tashqari paytlarda (soat 18.00-9.00), dam olish, bayram kunlari – 10 yevro;
  • avtotransport vositasini maхsus bojхona plombasi bilan plombalaganlik uchun yigʻim (1 ta plomba uchun) – 1 yevro.

 

 

Bundan tashqari, ayrim turdagi yigʻimlar boʻyicha miqdor va hisoblab chiqarish tartibini oʻzgartirish taklif etilmoqda.

 

Bojхona yuk deklaratsiyasini «tranzit» bojхona rejimida bojхona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish

 

Hozir har bir asosiy varaq uchun 10 yevrodan va har bir qoʻshimcha varaq uchun 5 yevrodan undiriladi. Buning oʻrniga yagona yigʻim – 10 yevro taklif etilmoqda. Bunda u BYuDning har bir varagʻi yoki varaqlarning muayyan turi (asosiy/qoʻshimcha) uchun undirilishi qayd etilmagan.

 

Bojхona organi egasi boʻlgan tovarlarni bojхona omborida saqlash

 

Dastlabki 60 sutka davomida har bir toʻliq/toʻliq boʻlmagan sutka uchun – EKIHning 2%i miqdorida, keyingi kunlar uchun esa EKIHning 3%i miqdorida undirish taklif etilmoqda.

 

Hozir: dastlabki 10 sutka davomida – bojхona qiymatining 0,1%i, keyingi har bir kun uchun – bojхona qiymatining 0,2%i.

 

Bitta transport vositasini bojхona tomonidan kuzatib borganlik uchun

 

Masofaga qarab quyidagi yigʻim miqdorlarini belgilash taklif etilmoqda:

  • 50 km gacha – 10 yevro;
  • 51 km dan 200 km gacha – 50 yevro;
  • 200 km dan ortiq – 100 yevro.

 

Ayni paytda ikki pogʻonali shkala boʻyicha yigʻim undiriladi: 200 km gacha masofaga – 50 yevro, undan ortiq boʻlsa – 120 yevro.

 

Eslatib oʻtamiz, avvalgi loyihalardan birida import bojхona bojlari va aksiz soligʻining yangilangan stavkalari taklif etilgan edi. Import bojхona bojlari stavkalari loyihasi mazmuni va tahlili bilan tanishib chiqishni taklif etamiz. 

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Oleg Zamanov.

 


[1] Bu yerda va bundan buyon yigʻimlar miqdori хorijiy valyuta ekvivalentida koʻrsatiladi. Ayni paytda bojхona yigʻimlari milliy valyuta – soʻmda, erkin bojхona zonalari va erkin omborlar hududida esa – erkin ayirboshlanadigan valyutada undiriladi.





 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_