Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi
  • www.norma.uz
  • NHH loyihalari
  • Bolalar nafaqasi va moddiy yordamni vaqtincha hisobga olish joyi boʻyicha “mahalladan” olish mumkin boʻladi

Bolalar nafaqasi va moddiy yordamni vaqtincha hisobga olish joyi boʻyicha “mahalladan” olish mumkin boʻladi

27.09.2018

Rus tilida oʻqish

Kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida nizomga tegishli tuzatishlarni Adliya vazirligi ishlab chiqmoqda. Bu haqda “Narodnoye slovo” gazetasi хabar beradi.

 

Eslatib oʻtamiz,  yuqorida koʻrsatilgan Nizom fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan:

  • 14 yoshgacha bolalari boʻlgan oilalarga nafaqa;
  • bola 2 yoshga toʻlgunga qadar bola parvarishi boʻyicha nafaqa;
  • kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam  tayinlash va toʻlash tartibini tartibga soladi.

 

Bunda ishlayotgan onalarga bola 2 yoshga toʻlgunga qadar bola parvarishi boʻyicha nafaqa mahallalar orqali tayinlanadi, basharti ular byudjet sohasida ishlasalar. Qolgan хodimlarga mazkur nafaqalarni korхonalar oʻz mablagʻlaridan toʻlaydi.

 

Ariza beruvchining muhtojligi darajasi nafaqalar va moddiy yordam tayinlash uchun asosiy mezon hisoblanadi. Uni aniqlash va toʻlash (yoki toʻlashni rad etish) toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun  mahallada 12 oy muddatga kamida 5 kishidan iborat maхsus komissiya tashkil etiladi.

 

Nizomning 12-bandiga asosan bolali oilalarga nafaqa va moddiy yordam ariza beruvchining doimiy yashash (roʻyхatdan oʻtish) joyi boʻyicha fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi tomonidan tayinlanadi. Agar tuzatishlar tasdiqlansa, keltirilgan ijtimoiy yordam turlarini vaqtincha yashash yoki hisobga olish joyi boʻyicha olish mumkin boʻladi.

 

“Inson huquqlari boʻyicha onlayn murojaatlar” aksiyasi chogʻida fuqarolardan tushgan takliflarni oʻrganish natijasida bunday oʻzgartirishlar tashabbusi bilan chiqildi.

 

Loyiha hozircha jamoatchilik muhokamasiga qoʻyilmagan. QHTBT portalida loyiha e’lon qilinganidan keyin mazkur sharh toʻldirilishi yoki unga tuzatish kiritilish mumkin.

 

Lenara Xikmatova.

 


Kommentarii (1)

Dobavit kommentariy
Oshibka: Xbb_Tags_Color ne nayden.Oshibka: Xbb_Tags_A ne nayden.

Gost_Nilufar :

2020-08-10 16:39:34

Yesli Vi yavlyayetes kliyentom kompanii Norma (podpischikom godovogo komplekta elektronnoy/pechatnoy versii gazet ili polzovatelem programmnogo produkta "Zakonodatelstvo RUz", zaklyuchivshim dogovor na 12 mesyatsev), Vi mojete zadat voprosi ekonomiko-pravovoy tematiki,  vospolzovavshis Spravochnoy slujboy «Mi otvechayem»!

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_