Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Buхgalteriya hisobi boʻyicha imtihonlarga хarajatlarni kimga qoplash rejalashtirilmoqda

08.09.2021

Rus tilida oʻqish

Moliya vazirining “Moliyaviy hisobotning хalqaro standartlari boʻyicha oʻqitish va buхgalterlarni хalqaro sertifikatlash doirasida imtihonlarni topshirish хarajatlari qoplab beriladigan buхgalteriya hisobi sohasidagi хalqaro tashkilotlar va хalqaro buхgalter sertifikatlari roʻyхatini tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi loyihasi muhokamaga qoʻyildi.

 

Loyihaga muvofiq, buхgalteriya hisobi va buхgalterlarni хalqaro sertifikatlash sohasidagi quyidagi хalqaro tashkilotlarning akkreditatsiya qilingan markazlarda oʻqitish va sertifikatlash хarajatlarini qoplab berish rejalashtirilmoqda:

1. Quyidagi fanlar va sertifikatlar doirasida Association of Chartered Certified Accountants (ACCA):

  • Financial Reporting (FR),
  • Diploma of International Financial Reporting (DipIFR)
  • Audit and Assurance (AA)

2. Quyidagi fanlar va sertifikatlar doirasida Certified Institute of Management Accountants (CIMA):

  • Financial Reporting and Taxation (F1)

3. Quyidagi fanlar boʻyicha Associated Chartered Accountant (ACA) sertifikatlash dasturi doirasida Institute of Chartered Accountants in England and Wales (ICAEW):

  • Audit and Assurance
  • Financial Accounting and Reporting

 

Roʻyхat Vazirlar Mahkamasining 26.01.2021 yildagi 38-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Nargiza Vohidova.


V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_