Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Byudjet jarayonida nimalarni oʻzgartirish taklif qilinmoqda

30.10.2020

Rus tilida oʻqish

Moliya vazirligi tomonidan “Byudjet jarayoni takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi ishlab chiqildi va QHTBT portalida joylashtirildi.

 

Xususan, MJTKni 1757-modda bilan toʻldirish rejalashtirilmoqda, unga koʻra byudjet jarayonining shaffofligini ta’minlash tartibini buzganlik uchun mansabdor shaхslarga BHMning 2 baravari miqdorida jarima solinadi. Byudjet jarayonining shaffofligini ta’minlash ustidan nazorat qilish Oʻzbekiston Hisob palatasi zimmasiga yuklanadi.

 

Byudjet kodeksiga Qoraqalpogʻiston Joʻqorgʻi Kengesi, хalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlariga berilgan vakolatlarga taalluqli moddalarga oʻzgartirishlar kiritiladi. Xususan, ular Qoraqalpogʻiston byudjetidan, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlaridan, tumanlar va shaharlar byudjetlaridan hududiy byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga ajratiladigan byudjet mablagʻlarining cheklangan miqdorlarini tasdiqlaydi.

 

29-moddaga Moliya vazirligi vakolatlariga taalluqli oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish rejalashtirilmoqda. Ular oʻrta muddatli byudjetni tayyorlash bosqichlarini, byudjet soʻrovi uslubiyatidan foydalanishni va  Xalqaro Valyuta Jamgʻarmasining boshqa tavsiyalarini amalga oshirishni tartibga soladi.

 

Soliq kodeksiga muvofiq yangi tahririda Davlat va mahalliy byudjetlar ular hisobidan shakllantiriladigan soliqlar turlari aniqlashtirilgan.

 

Oʻrta muddatli davr uchun fiskal strategiya qabul qilinishi munosabati bilan Byudjet kodeksiga yangi byudjet taqvimi kiritilmoqda, byudjet soʻrovlarini taqdim etish muddatlariga oʻzgartirishlar kiritilmoqda.

 

Boshqa oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar ham nazarda tutilgan.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Lola Abduazimova.


V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_